Аqtam ota yodgorlik majmuasi
Bu maqolani oʻchirish taklif etiladi. Sababi va mos munozaralarni quyidagi sahifadan topishingiz mumkin: Vikipediya:Oʻchirishga/Аqtam ota yodgorlik majmuasi. Maqolani yaxshilashga urinib koʻrishingiz mumkin, ammo munozara jarayoni yakunlanmagunga qadar mazkur ogohlantirish xabarini aslo olib tashlamang. Manbalar izla: „Аqtam ota yodgorlik majmuasi“ – yangiliklar · gazeta · kitoblar · akademik · JSTOR Maqola muallifiga: Maqolangiz oʻchirilish arafasida boʻlsa, nima qilish kerak? Administratorlarga: bu yerga havolalar • tarix (oxirgi oʻzgarish) • ota yodgorlik majmuasi qaydlar • oʻchirish |
Oqtom qishlogʼining tarixi bundan 1300 yil avvalgi tarixiy voqealar bilan bogʼliq. Аyni vaqtda qishloq tarixi bilan bogʼliq qator afsona va rivoyatlar hozirga qadar xalq orasida aytib kelinadi. “...Rivoyatlarga koʼra Oqtom qishlogʼining kelib chiqishi Hazrat Аli bilan bogʼlanadi. Hazrat Аli doʼsti Аqtam Sahoba bilan ovga chiqib bir joyda uxlab qoladi. Аqtam Sahoba oldidan chiqib qolgan ohuni quvib ketayotib dushman lashkarlariga duch keladi. Makotil boshliq dushmanlar Аqtam Sahobaga Hazrat Аlini oʼldirmoqchi boʼlib ketayotganliklarini aytadilar. Doʼstini oʼlimdan saqlab qolish maqsadida Аqtam Sahoba ularga: “Men Hazrat Аliman”, -deb javob beradi. Dushmanlar tengsiz jangda Аqtam Sahobaning boshini tanasidan judo etganlar. Hazrat Аli uygʼongach, doʼstini qidirib uning jasadini topadi. Dushmanlardan qasd olgach, Hazrat Аli doʼsti Аqtam Sahobani shu yerga dafn etadi. Keyinchalik qishloq Аqtam Sahoba sharafiga Oqtom deb nomlangan.” (Yu.Qirgʼizov, T.Аkramov. “Bir oʼlkaki”. 1996 yil.“Namangan” nashriyoti) Oqtom qishlogʼi oppoq qorlar bilan qoplangan baland togʼlar etagida joylashganligi uchun qishloqni Oqtov, Oqtogʼ keyinchalik esa Oqtom deb atalgan. Oqtom qishlogʼining dastlabki aholisi bu yerlarda chorvachilik, asalarichilik bilan shugʼullanib, asta-sekin dehqonchilik va bogʼdorchilikni oʼrgana boshlaganlar. Nasldor chorva, ayniqsa, ot va qoramollarni parvarishlashni, yuqori navli meva yetishtirishni juda yaxshi oʼzlashtirganlar. Boshqa hududlar bilan savdo-sotiq munosabatlarini yoʼlga qoʼyganlar.