Kontent qismiga oʻtish

Э (kirill)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Э — oʻzbek kirill alifbosining yigirma toʻqqizinchi harfi. Til oldi, oʻrta keng lablashmagan unli tovushni ifodalaydi. Ushbu unli soʻzning barcha oʻrnida uchrasa ham, yozuvda hamma vaqt Э yozilavermaydi: sof oʻzbekcha soʻzlarda va bir qator oʻzlashmalarda Э soʻz boshida faol qoʻllanadi (ertak, eshik, etajerka, elektr), qolgan oʻrinlarda sanoqli soʻzlardagina (menuet, duet, duel, dispnoe, karate va boshqalar) yozilib, koʻp soʻzlarda bu unli Ye harfi bilan ifodalanadi (kel, terak, feʼl; iye, vale, kafe, klishe). Ushbu fonema qaysi harf (e yoki e) bilan ifodalanmasin, har qanday pozitsiyada bir xil talaffuz etiladi.