Kontent qismiga oʻtish

“Qora ko‘l” majmuasi

Koordinatalari: 41°19′44.8″N 60°22′37.0″E / 41.329111°N 60.376944°E / 41.329111; 60.376944
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
“Qora ko‘l” majmuasi
41°19′44.8″N 60°22′37.0″E / 41.329111°N 60.376944°E / 41.329111; 60.376944
Mamlakat Oʻzbekiston
Tuman Xiva tumani
“Qora ko‘l” majmuasi xaritada
“Qora ko‘l” majmuasi
“Qora ko‘l” majmuasi

Sayyohlik markazi “Xiva qorako‘l” fermer xo‘jaligi qoshida tashkil etilgan. Sayyohlik markaziga tegishli binolarda XivaningIchan qalʼa” va “Dishan qalʼa”sidagi tarixiy obidalar ko‘rinishini aks ettirishga harakat qilingan. Shuningdek, balandligi 36 metr bo‘lgan minora, milliy uslubda bezatilgan va barcha qulayliklarga ega o‘tovlar mavjud. Bu erda sayyohlarga tuya va Ot (hayvon)da Qizilqum cho‘li bo‘ylab sayr qilish, markaz yonidagi ko‘l uzra qayiqlarda suzish, baliq ovlash, milliy taomlar, qo‘chqor va xoʻroz urishtirish tomoshasi va boshqa xizmatlar taklif etiladi.