Kontent qismiga oʻtish

“Saudiya Arabistoni tabiati”

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

“Saudiya Arabistoni tabiati”

O‘simlik va hayvonot dunyosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saudiya Arabistonidagi aksariyat o'simliklarning kelib chiqishi Hindistonning Shimoliy Afrika cho'l mintaqasidagi o'simliklarga borib yetadi. Bu o'simliklar orasida "quruq o'simliklar", ya’ni, ularga ozgina suv ham kifoya qiladigan o'simliklar, asosan butalar va chorva ozuqasi sifatida ishlatiladigan boshqa mayda o'tlar bor va bundan tashqari daraxtlardan iborat kichik yerlar ham mavjud. Asir janubida o'tlar, Saudiya Arabistonida xurmo daraxtlari ko'p va bu daraxtlarning uchdan bir qismi sharqiy mintaqada o'sadi. Saudiya Arabistoni hayvonot olami chivinlar, tulkilar, bo'rilar, asalxo‘r bo'rsiqlar, jayralar, ixnevmonlar (ya’ni kichkina sut emizuvchi hayvon, kemiruvchilar kushandasi, ularni Fir'avn sichqonlari deb ham atashadi), babunlar(tor burunli maymunlar), qum sichqonlari, dasht quyonlari, kirpi(tikanli sut emizuvchi) va gerbils (kemiruvchi) larni o'z ichiga oladi. Yirik hayvonlar: oriks (antilopa turi), kiyik, tog‘ echkisi, yo'lbars 1950-yilgacha ko'p tarqalgan edi, sal o'tib kamaya bordi va shafqatsiz ovchilarining haddan tashqari ko'p ov qilishlari natijasida yo'q bo'lib ketdi. Saudiya Arabistoni qirollik qushlariga quyidagilar kiradi: qirg'iy, boyo'g'li, burgut, qarg'a, oqqush, kabutar, bedana, lochin, flamingo, kaklik, bulbul va boshqalar. Shuningdek, ko'pgina ilon turlari ham mavjud bo'lib, ular ichida ba'zilari zaharli. Va talaygina kaltakesak turlari bor. Ko'rfazdagi xilma-xil dengiz hayotidan tashqari, tovuqlar, eshaklar, qo'ylar, uzun quloqli echkilar, tuya va tazilar (it turi) hayoti ham bor.

Geografik o’rni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saudiya Arabistoni Qirolligi shimoliy va markaziy Arabiston yarim orolining ko'p qismini qamrab oladi. Arabiston yarim oroli Qizil dengizdan to Fors ko'rfazigacha cho'zilgan baland platoga hukmronlik qiladi. Shimoli-g'arbda dengiz sathidan 1500 metr balandlikda, janubi-sharqda esa bu balandlik 3000 metr gacha yetadi. Jabalu Savda (Savda tog'i) - Saudiya Arabistoni qirolligining eng baland nuqtasi bo'lib, janubda, Abha yaqinida joylashgan va balandligi 3,133 metr - 3,207 metr oralig'ida, undagi tekisliklardan biri qirg'oq bo'yidagi Tihama tekisligidir. Arabiston yarim orolining ichki qismi keng qumli tekisliklarni o'z ichiga oladi.

Tabiiy qo'riqxonalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saudiya Arabistoni Qirolligidagi tabiiy qo'riqxonalar mahalliy hayvonlar va o'simliklar yo'q bo'lib ketishining oldini olish uchun xavfsiz joy bo'lib xizmat qiladi. Ortiqcha yaylovlar o'simlik qatlamining yo'q bo'lishiga olib keladi, ustiga-ustak mamlakat tabiati juda quruq. Shuning uchun, Saudiya Arabistoni Qirolligida tabiiy qo'riqxonalarning tashkil etilishi o'simliklar o'sishi va gullab-yashnashi uchun imkoniyat beradi. Undagi eng mashhur qo'riqxonalardan biri bu- “Mahazat as-Sayd” qo'riqxonasi bo'lib, u Janubiy Afrikadagi “Kruger” milliy bog'idan keyin ikkinchi eng katta qo'riqxona hisoblanadi.

YouTube da video Saudia Arabistoni haqida)

[1]

  1. „Saudiya Arabistoni tabiati“. unistica (20-aprel 2022-yil). Qaraldi: 29-noyabr 2022-yil.