„Liverpool“ futbol klubi Yevrokubok bahslarida
Liverpool — Mersisaydning Liverpool shahrida joylashgan Angliya futbol klubi boʻlib, Angliya Premer-ligasida oʻynovchi jamoa hisoblanadi. U 1892-yilda tashkil topganidan beri „Enfild“ stadionida oʻynab kelmoqda[1]. „Liverpul“ 1964-yilda Yevropa musobaqalarida debyut qilgan, bu UEFA Yevropa kubogi boʻlgan. Klub Yevropadagi ilk uchrashuvini „Reykyavik“dan magʻlubiyat bilan boshlagan. Keyinchalik mersisaydliklar ushbu turnirda 6 marta gʻalaba qozonishgan. Beshinchi gʻalaba (2005-yilda) ularga kubokni abadiy saqlab qolish imkonini yaratgan. Klub oxirgi marta 2001-yilda uchinchi marta UEFA kubogini qoʻlga kiritgan[2]. „Yuventus“" va „Internasionale“ bilan qoʻshma rekord sanalgan. „Qizillar“ UEFA Superkubogida yana 4 ta gʻalabani qoʻlga kiritishgan, shuningdek, klublar oʻrtasidagi jahon chempionati va UEFA kubogi egalari kubogi finalida toʻp surishgan.
„Liverpool“ ilk bor 1964-1965-yilgi mavsumda yevrokuboklarda ishtirok etgan. Shuningdek, Angliya chempionligini qoʻlga kiritgach jamoa yevrokubok yoʻllanmasiga ega chiqqan. Birinchi davradagi raqibi islandiyalik „Reykyavik“ ikki oyoqli qarama-qarshilikda umumiy 11:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Shu bilan bir qatorda klub o‘z maydonida „Internasionale“ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, musobaqaning yarim finaliga chiqqan. Klublar oʻrtasidagi bahsning javob oʻyini hakamlarning oʻta notoʻgʻri va nooʻrin qarorlari bilan oʻtgan va bu milanliklarga finalga chiqish imkonini yaratgan. Keyingi mavsumda „Liverpool“ UEFA Kubok egalari kubogi finaliga qadar yetib borishga muvaffaq boʻlgan, biroq qo‘shimcha vaqtda „Borussiya Dortmund“ga kubokni boy berib qoʻygan. 1972-1973-yilgi mavsum klubga ilk Yevropa kubogi — UEFA kubogini taqdim qilgan[3]. Birinchi final o‘yinida „Liverpool“ Myonxengladbaxning „Borussiya“ jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, javob o‘yinida 2 ta gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, qolgan vaqtlarda raqib tribunalarining g‘ala-g‘ovuri ostida darvozani saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan.
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Musobaqa | Oʻyinlar | Gʻalabalar | Durranglar | Magʻlubiyatlar | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar |
---|---|---|---|---|---|---|
Kubok/Chempionlar ligasi | 212 | 121 | 44 | 47 | 398 | 188 |
UEFA kubogi/Yevropa ligasi | 124 | 66 | 34 | 24 | 186 | 94 |
Kubok egalari kubogi | 29 | 16 | 5 | 8 | 57 | 29 |
Yarmarkalar kubogi | 22 | 12 | 4 | 6 | 46 | 15 |
UEFA Superkubogi | 7 | 4 | 1 | 2 | 16 | 10 |
Jami | 394 | 219 | 88 | 87 | 700 | 340 |
Rekordlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yevrokuboklarda eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha klub rekordini 116 gol bilan Jeymi Karrager egallab kelmoqda. Shuni alohida taʼkidlash kerak-ki, Liverpool jamoasining „Beshiktosh“ni 8:0 hisobida mag‘lub etishi Chempionlar ligasining asosiy bosqichi tarixidagi eng yirik g‘alaba hisoblanadi. „Liverpool“ning Yevropadagi eng yirik gʻalabasi „Stromsgodset“ga 11:0 hisobida gʻalaba qozongani hispblanadi. 1975-1976-yilgi mavsumda UEFA kubogi yarim finalida „Barselona“ ga qarshi oʻyinda uchrashuvni tomosha qilgan tomoshabinlar soni rekord darajani qayd etgan. 1982-yilda „Dundalk“ga qarshi oʻyinda tomoshabinlar soni rekord darajada — 12 021 nafar boʻlgan[4].