Kontent qismiga oʻtish

„Qizil jangchi“ harbiy koʻkrak nishoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qizil jangchi koʻkrak nishoni
Mamlakat BXSR
Turi koʻkrak nishoni
Kimga topshiriladi harbiy xizmatchilarga
Kim tomonidan topshiriladi BXSR Markaziy Qoʻmitasi
Holati taqdirlanadi
Statistika
Taʼsis sanasi 1921-yil
Mukofotlash soni noaniq
Navbat

Qizil jangchiBuxoro Xalq Sovet Respublikasining harbiy unvoni. Unvon 1921-yili BXSR Markaziy Qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan.

Yaratilish tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

BXSRning „Qizil jangchi“ koʻkrak nishoni BXSR harbiy ishlarida nozir koʻrsatmasi bilan Buxoro amiri hokimiyatini qaytarishga urinayotgan yosh sharqiy respublikani tashqi va ichki aksilinqilobiy kuchlardan himoya qilishda Qizil Armiyaning eng koʻzga koʻringan askarlarini ragʻbatlantirish maqsadida yaratilgan. Dizayn chizmasining muallifi oʻsha paytdagi yosh rassom A. V. Nikolayev Shtamplash uskunalari va nishonning birinchi namunalari yaratuvchilari esa A. I. Pugachyov va I. Ya. Serebryakovlar boʻlgan.

Nishonning tavsifi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nishon mis va bronzadan yasalgan. Belgining koʻrinishi va hajmi yaratilish jarayonida ham, yaratilganidan keyin ham koʻp marta oʻzgartirilgan.

Birinchi darajali nishon

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab, nishon diametri 40 mm yumaloq, biroz konveks shaklga ega boʻlgan. Nishonning oʻrtasidan chetlarigacha boʻlgan joyi rassomning fikriga koʻra, dehqon, ishchilar, ziyolilar va ruhoniylarning birligini ifodalovchi toʻrtta oʻq shaklidagi naqshlar oʻyilgan. Koʻkrak nishonining yuqori qismida qizil yulduzcha tasvirlangan boʻlib, uning atrofida arab alifbosi harflari, pastki qismida yashil emalli yarim oy tasvirlangan, yulduz va yarim oy atrofidagi boʻshliq koʻk rangli emal bilan toʻldirilgan. Nishonning yuqori va pastki qismlarida BXSR qisqartmasini tashkil etuvchi kirill harflari mavjud. Oʻq shaklidagi naqshlarning chetlari boʻylab yashil emal bilan toʻldirilgan arab grafikasidagi „Qizil jangchiga“ yozuvi joylashgan. Tashqi chetidan 4 mm masofada ichki qism joylashgan, ichki va tashqi qirralarning orasidagi boʻshliqda yozuvlar yoʻq va bu joylari yashil emal bilan toʻldirilgan. Nishonning teshigi boʻlib, bu orqali qizil kamonli halqa oʻtadi, shu orqali nishon taqdirlanuvchining kiyimiga taqiladi.

Ikkinchi darajali nishon

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkinchi darajali nishonlar biroz kattaroq oʻlchamga ega va diametri esa taxminan 45 mm boʻlgan. Bundan tashqari, tashqi va ichki qirralarning orasidagi boʻshliqda arab yozuvida bitiklar mavjud.

Nishonning ikkinchi darajali nusxasi[1].

Jami 25 ga yaqin arxiv hujjatlariga koʻra birinchi va ikkinchi darajali nishonlar yaratilgan boʻlib, muallifning yozishicha, hozirgi kungacha faqat uchta nusxasi saqlanib qolgan.


Yaratilish sababi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1923-yilning oʻrtalariga kelib Buxoro Xalq Sovet Respublikasidagi vaziyat keskin keskinlashgan. Dushman kuchlar ogʻir yoʻqotishlarga qaramay, ingliz agentlari tomonidan ragʻbatlantirib, chekinmaganlar. Bosmachi toʻdalari yangi janglarga tayyorlanar edi. Fargʻona va Sharqiy Buxoroning togʻli hududlari, Qoraqum va Qizilqum choʻllari asosiy istehkomlar boʻlgan. Eng xavfli markaz Mastchohda boʻlib, bu hudud „Bosmachilar togʻ markazi“ deb nomlangan.

Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi va RSFSR Xalq Komissarlari Soveti Buxoro Xalq Sovet Respublikasining yosh va tajribasiz milliy boʻlinmalariga yordam berish uchun fuqarolar urushi frontlarida qotgan eng yaxshi kuchlarini yuborgan. Bir necha oʻnlab otryadlardan iborat Mulla Abduqaxxor harakatiga qarshi kurashish vazifasi BXSR Hukumati raisi Fayzulla Xoʻjayev va Bosh vazir oʻrinbosarlari K. Otaboev va A. Muxitdinov raisligida oʻtkazilgan IV Butunbuxoro qurultoyida qoʻyilgan vazifalarning eng dolzarb vazifasiga aylangan. Bu toʻdalar Gʻijduvon tumanining Gʻisht va Katta-Xamgʻur qishloqlarida, Nurota togʻlarida, Jilvon qumliklarida, Qizilqum bilan chegaradosh Bogʻi Afzal qishloqlarida qattiq janglar olib borgan[2][3]. Bosmachilarga qarshi kurashgan eng koʻzga koʻringan qizil jangchilar uchun yangi „Qizil jangchi“ koʻkrak nishoni taʼsis etilgan. Nishonni yaratishda I. Ya. Serebryakov faol ishtirok etgan.

Nishon yumaloq shaklga ega, biroz konveks shaklida, uning yuqori qismida teshik mavjud. Nishon kumushdan yasalgan va oltin bilan qoplangan. Mukofot qizil, koʻk va yashil emallar bilan qoplangan. Qizil emaldagi nishonning chetlarida cheksizlikni bildiruvchi belgilar mavjud. Moviy emalda arab grafikasida oʻzbek tilida shunday yozilgan: „Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!“, yashil emalda, koʻk rangdagi yozuvning ostida, arab yozuvida: „Qizil jangchiga“ deb yozilgan. Markazda yashil emal bilan toʻldirilgan doira ichida qizil yulduz bor.

  1. „Наградной знак «Красному воину». Бухарская Народная Советская Республика 1922 года, СССР“. raritetus.ru. Qaraldi: 23-iyul 2023-yil.
  2. Григорий Мавров. „Басмачи: герои, преступники или жертвы?“ (ru). TRT на русском. 2021-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-aprel.
  3. Alimova D. A. Istoriya kak istoriya, istoriya kak nauka: Istoriya i istoricheskoe soznanie. / Institut istorii Akademii nauk respubliki Uzbekistan. — Tashkent: „Uzbekistan“, 2008. — S. 37—38, 58—60.