Kontent qismiga oʻtish

127 soat

Vikipediya, erkin ensiklopediya
127 soat
127 Hours
Rejissyor(lar) Danny Boyle
Prodyuser(lar) Christian Colson
Danny Boyle
John Smithson
Ssenariynavis(lar) Danny Boyle
Simon Beaufoy
Rollarda James Franco
Bastakor(lar) A. R. Rahman
Kinematografiya Anthony Dod Mantle
Enrique Chediak
Muharrir(lar) Jon Harris
Distribyutor Fox Searchlight Pictures (AQSh)
Pathé (BQ, Fransiya)
Chiqarilgan sanasi 4-sentabr, 2010 (Telluride film festivali)
Davomiyligi 94 daqiqa
Mamlakatlar Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $18 000 000[1]
Daromadi $61 738 797[1]

127 soat (asl nomi: 127 Hours) — 2010-yilda Danny Boyle tomonidan ishlangan Amerika va Buyuk Britaniya biografik drama filmi. Film real voqea asosida boʻlib, 2003-yil aprelida Yutadagi Blue John kanyonida tiqilib, 5 kun chiqa olmagan va ozod boʻlish uchun qoʻlini kesgan kanyonchi Aron Ralston haqida hikoya qiladi. Bosh rolni (Aron Ralston) James Franco ijro etgan.

Film ssenariyi Ralston yozgan Tosh va Qattiqlik orasida xotira kitobi asosida Boyle va Simon Beaufoy tomonidan tayyorlangan. Film kinotanqidchilar tomonidan juda xush qarshilanib, oltita Akademiya mukofotiga, jumladan Eng yaxshi kino va Eng yaxshi aktyor mukofotlariga nomzod qilib koʻrsatildi. Taqriz yigʻuvchi Rotten Tomatoes saytida film 93 % bilan baholandi.[2]