Kontent qismiga oʻtish

16-maktab

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bekobod shahar 16-maktab oʻquv binosi 2024

16-maktab (avval Mirzo ulugʻbek nomidagi 16-sonli umumiy taʼlim maktabi) – Toshkent viloyati Bekobod shaharda joylashgan umumiy oʻrta taʼlim maktabi. Maktab ijroiya komiteti qarori bilan 1963-yilda qurilishi boshlanib 1964-yilda 8 yillik maktab sifatida foydalanishga topshirilgan. 1964-yil 1-sentabrda maktabda birinchi qoʻngʻiroq chalindi va 850 oʻquvchi bilan maktab oʻz tarixini yozishni boshladi. 1966 – 1969-yillar davomida maktabga Abduraimov Toshpoʻlat Abduraimovich direktorlik qildi. Rahmatullayev S, Hasanova, Jabborovalar 1968-yilda birinchi boʻlib 10-sinfni bitirdilar.
Zokirov Madamin Zokirovich – 1970 – 1985-yillar davomida 16-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiga rahbarlik qildi. Ular rahbarlik qilgan vaqt davomida maktab jamoasi 40 kishidan iborat edi
1986-yildan boshlab maktab rahbarligiga Boboyeva K tayinlandi. Ularning rahbarligi 15 yil (2001-yilgacha) davom etdi.
Yangi asrda maktabga yangi direktor etib tayinlangan Marupova O. Sh. maktabda 20 yil davomida faoliyat yuritdi va 2021-yilda nafaqaga chiqdi.

Amaldagi maktab rahbari Mamatkulova Mavluda Dehkanovna 2021-yildan buyon maktab direktori lavozimida ish yuritadi.
Uzoq yillar davomida maktab turli xil yutuqlarga erishdi. Jumladan, 2006-yilda 16-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi respublikadagi eng yaxshi maktab deya tan olindi. Soʻnggi yillardagi yutuqlar haqida gap ketganda „Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab“ olimpiadasida 16-maktab jamoasi 2022, 2023 va 2024 yillarda, 3 yil ketma ket shahar bosqichida gʻolib chiqib viloyat bosqichida ham ishtirok etib kelishayapti. Hozirgi kunda maktabda qariyb 70 nafar oʻqituvchi ishlaydi va 1100 nafardan ortiq oʻquvchi taʼlim olib keladi

Bekobod Shahar 16-maktab sinfi