Kontent qismiga oʻtish

172 kun

Vikipediya, erkin ensiklopediya
172 Days
Rejissyor(lar) Hadrah Daeng Ratu
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar) Archie Hekagery
Qaysi asarga
asoslangan
172 Days
–Nadzira Shafa
Rollarda
Bastakor(lar) Tya Subiakto
Kinematografiya Adrian Sugiono
Muharrir(lar) Aline Jusria
Studiya(lar) Starvision
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 103 minut
Mamlakat Indoneziya
Til Indonez tili

172 kun — Nadzira Shafaning xuddi shu nomdagi romani asosida, rejissyor Hadra Daeng Ratu tomonidan 2023-yilda suratga olingan Indoneziya dramatik filmi. Starvision Plus tomonidan ishlab chiqilgan mazkur filmda Yasmin Napper va Bryan Domani asosiy qahramonlarni gavdalantiradi. 172 kun filmining premyerasi 2023-yil 23-noyabrda kinoteatrlarda boʻlib oʻtgan[1].

„172 kun“ filmi Zira (Nadzira Shafa) va Amirning sevgi va hijrat sayohati haqida hikoya qiladi. Zira islomdan yiroq muhitda tugʻilib oʻsgan qiz. U tez-tez ziyofatlarga borishni, spirtli ichimliklar ichishni va giyohvand moddalarni isteʼmol qilishni yaxshi koʻradigan doʻstlari davrasida ulgʻayadi.

Keyinchalik Nadzira Shafa hijrat qilishga qaror qiladi va yaxshiroq hayot kechirishni xohlaydi. Nadzira hijrat jarayonidan diniy bilimlarini oshirish va islom dini haqida koʻp narsalarni oʻrganish uchun turli diniy yigʻinlarda ishtirok etadi. Bir kuni Nadzira Shafo oʻqish joyida Amir Azzikra ismli din olimi bilan uchrashib qoladi.

Ziraning keskin oʻzgarishi Amirning eʼtiborini tortadi. Filmda Amir Indoneziyada juda mashhur din peshvosi va voiz, marhum Ustoz Orifin Ilhomning oʻgʻli boʻlib, u dindor, olijanob axloqli yigit sifatida tasvirlanadi.

Amir Ziraga yaqinlasha boshlaydi. Zirani tavba qilishga chorlaydi va unga oila qurish taklifini beradi. Zira Amirning taklifini qabul qiladi va ular turmush qurishadi. Zira va Amirning oilaviy hayoti juda baxtli tarzda kechadi. Ular bir-birlarini sevadilar va qoʻllab-quvvatlaydilar. Amir har doim Ziraga yaxshi musulmon ayol boʻlishida yoʻl-yoʻriq koʻrsatib boradi.

Biroq, ularning baxti uzoqqa choʻzilmaydi. Ogʻir xastalikdan aziyat chekayotgan Amir shifoxonada intensiv davolanishga majbur boʻladi. Zira ham Amirning ogʻir damlarida unga sadoqat bilan hamrohlik qiladi. Nihoyat, Amir juda yoshlik chogʻida — 22 yoshida kasalxonada dunyodan koʻz yumadi. Amirning vafot etishi Zirani chuqur qaygʻuga soladi.

Shunga qaramay, Zira sobitqadamlik bilan Amirning oʻlimini qabul qilishga tayyor boʻladi. Uning fikricha, Amir hozirgi hayotidan koʻra yaxshiroq joyga ketgan[2].