1995-yilgi UEFA ayollar chempionati
Fußball-Europameisterschaft der Frauen 1995 Europamesterskapet i fotball for kvinner 1995 Europamästerskapet i fotboll för damer 1995 | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlar | |
Mezbon davlatlar |
Angliya Germaniya Norvegiya Shvetsiya |
Sana | 11 December 1994 – 26 March 1995 |
Jamoalar | 4 |
Bellashuv joylari | 5 (5 ta shaharda) |
Yakuniy natijalar | |
Chempionlar | Germaniya (3- marta) |
2-oʻrin | Shvetsiya |
Statistika | |
Oʻyinlar soni | 5 |
Gollar soni | 25 (har oʻyinda oʻrtacha 5 ta) |
Muxlislar soni | 20 545 (har oʻyinda oʻrtacha 4 109 ta) |
Toʻpurar(lar) | Lena Videkull (3 ta gol) |
Eng yaxshi oʻyinchi | Birgit Prinz |
← 1993 1997 → |
1995-yilgi UEFA ayollar chempionati[1] 1994-yil 11-dekabrdan 1995-yil 26-martgacha boʻlib oʻtgan, UEFAga[2] aʼzo boʻlgan, musobaqada qatnashish huquqini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoalar ishtirokida oʻtkazilgan ayollar assotsiatsiyasi futbol turniri edi[3][4].
1995-yilgi UEFA ayollar chempionatida Germaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi musobaqadagi uchinchi gʻolibligini qoʻlga kirtidi[5].
1995-yilgi UEFA ayollar chempionati formati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1995-yilgi UEFA ayollar chempionati saralash bosqichida 29 ta jamoa 8 ta guruhga (tarkibida 3 yoki 4 ta jamoadan iborat) boʻlinib, har bir guruh gʻoliblari chorak finalga yoʻl oldi[6][7]. Chorak final va nimchorak final bahslarida uy-safar oʻyinlaridan iborat ikki oʻyinli pley-off bosqichida oʻtkazildi. Lekin 1995-yilgi UEFA ayollar chempionati final oʻyinida faqat bitta oʻyin oʻtkazildi va gʻolib UEFA ayollar oʻrtasidagi chempionlik unvoniga daʼvogarlik qildi. 1995-yilgi UEFA ayollar chempionati yarim final oʻyinlaridan biri 1994-yilda oʻtkazilgan va yagona mezbon davlat boʻlmagan boʻlsa-da, 1995-yilgi UEFA ayollar chempionatining bir qismi deb hisoblanadi[8].
1995-yilgi UEFA ayollar chempionati bir vaqtning oʻzida 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga saralash vazifasini ham bajargan[9][10].
1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati haqida umumiy maʼlumot
[tahrir | manbasini tahrirlash]1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati ikkinchi marta FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati boʻlib Shvetsiyada boʻlib oʻtdi va unda birinchi marta Yevropa davlati, Norvegiya ayollar milliy futbol terma jamoasi gʻalaba qozondi. Natijada Norvegiya ayollar terma jamoasi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati kubogini yutgan birinchi Yevropa davlati boʻldi. 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oltita qitʼa konfederatsiyalaridan jami 12 nafar ayollar terma jamoasi ishtirok etdi. 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida 12 ta jamoa toʻrt kishilik uchta guruhga boʻlindi va har bir guruh davra boʻyicha turnir oʻtkazishgan. Guruh bosqichining oxirida har bir guruhdan eng yaxshi natija koʻrsatgan ikki jamoa va ikkita eng yaxshi natija koʻrsatgan uchinchi oʻrinni egallagan jamoalar chorak finaldan boshlanib, 1995-yil 18-iyunda Råsunda stadionida boʻlib oʻtgan final bilan yakunlangan 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati pley-off bosqichiga yoʻl oldi.
Shvetsiya 1958-yilgi erkaklar FIFA Jahon chempionati va FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilgan birinchi davlat Yevropa davlati boʻldi.
Avstraliya, Kanada va Angliya terma jamoalari 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida debyut qilishdi. 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati, shuningdek, 1996-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga saralash vazifasini ham oʻtab berdi. 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining sakkizta chorak finalchi jamoasi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga taklif qilindi. 1991-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatidan farqli ravishda ayollar oʻrtasidagi ikkinchi Jahon chempionatida oʻyinlar standart 90 daqiqaga uzaytirildi va guruh bosqichidagi gʻalaba uchun uch ochko berildi.
1995-yilgi UEFA ayollar chempionati jamoalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1995-yilgi UEFA ayollar chempionatida oʻynagan barcha jamoalar uchun 1995-yilgi UEFA ayollar chempionati saralash oʻyinlarida oʻynashgan. Quyida faqat toʻliq 1995-yilgi UEFA ayollar chempionati oʻyinlari keltrilgan.
1995-yilgi UEFA ayollar chempionati oʻyinlari sxemasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yarim final | Final | |||||||||
Angliya | 1 | 1 | 2 | |||||||
26-mart — Kaiserslautern | ||||||||||
Olmoniya | 4 | 2 | 6 | |||||||
Olmoniya | 3 | |||||||||
Shvetsiya | 2 | |||||||||
Norvegiya | 4 | 1 | 5 | |||||||
Shvetsiya | 3 | 4 | 7 | |||||||
1995-yilgi UEFA ayollar chempionati oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yarim final
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi davra
[tahrir | manbasini tahrirlash]11-dekabr, 1994 |
Angliya | 1—4 | Olmoniya | Vicarage Road, Watford Tomoshabin: 800 Hakam: Sándor Piller (Vengriya) |
---|---|---|---|---|
Farley 7' | DFB Report (in German) Report |
Mohr 32', 80' Brocker 68' Wiegmann 87' (pen.) |
26-fevral 1995-yil 16:00 |
Norvegiya | 4—3 | Shvetsiya | Sørlandshallen, Kristiansand Tomoshabin: 2,098 Hakam: Finn Lambek (Daniya) |
---|---|---|---|---|
Aarønes 44', 64' Sandberg 60' Waage 89' |
NFF Report (in Norwegian) SvFF Report (in Swedish) Report |
Kalte 15' Andelén 55' H. Johansson 61' |
Ikkinchi davra
[tahrir | manbasini tahrirlash]23-fevral 1995-yil |
Olmoniya | 2—1 | Angliya | Ruhrstadion, Bochum Tomoshabin: 7,000 Hakam: Kostadin Guerginov (Bolgariya) |
---|---|---|---|---|
Waller 34' (avto) Prinz 79' |
DFB Report (in German) Report |
Farley 1' |
Germaniya 6–2 hisobida gʻalaba qozondi (umumiy hisobda).
4-mart, 1995 13:00 |
Shvetsiya | 4—1 | Norvegiya | Tipshallen, Jönköping Tomoshabin: 2,147 Hakam: William Young (Shotlandiya) |
---|---|---|---|---|
Kalte 53' Videkull 59', 61', 76' |
NFF Report (in Norwegian) SvFF Report (in Swedish) Report |
Medalen 28' |
Shvetsiya 7–5 hisobida gʻalaba qozond (umumiy hisobda).
Final
[tahrir | manbasini tahrirlash]26-mart, 1995 |
Olmoniya | 3-2 | Shvetsiya | Fritz-Walter-Stadion, Kaiserslautern Tomoshabin: 8,500 Hakam: Ilkka Koho (Finlandiya) |
---|---|---|---|---|
Meinert 33' Prinz 64' Wiegmann 85' |
DFB Report (in German) SvFF Report (in Swedish) Report |
Andersson 6' Andelén 89' |
1995-yilgi UEFA ayollar chempionati gʻolibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olmoniya 1995-yilgi UEFA ayollar chempionati chempioni (3-marta).
1995-yilgi UEFA ayollar chempionatida gol urgan futbolchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 3 ta gol
- 2 ta gol
- Karen Farley
- Heidi Mohr
- Birgit Prinz
- Bettina Wiegmann
- Ann Kristin Aarønes
- Anneli Andelén
- Ulrika Kalte
; 1 gol
- Maren Meinert
- Patricia Brocker
- Linda Medalen
- Kristin Sandberg
- Anita Waage
- Malin Andersson
- Helen Johansson
; Avto gol
- Louise Waller (Germaniya terma jamoasiga qarshi oʻyinda)
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „1995: Germany establish upper hand –“. Uefa.com. Qaraldi: 23-avgust 2012-yil.
- ↑ uefa.com „How to switch to another language of UEFA.com – Inside UEFA – UEFA.com“. UEFA.com. 2019-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-aprel 2021-yil.
- ↑ uefa.com „How to switch to another language of UEFA.com – Inside UEFA – UEFA.com“. UEFA.com. 2019-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-aprel 2021-yil.
- ↑ uefa.com „President – About UEFA – Inside UEFA“. UEFA.com. 1-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyul 2018-yil.
- ↑ „Čeferin elected as UEFA President“. UEFA. Qaraldi: 14-sentabr 2016-yil.
- ↑ „Russia World Cup ban appeal rejected by CAS“. ESPN.com (18-mart 2022-yil).
- ↑ „CAS 2022/A/8709“. 2022-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „UEFA Women's Euro 2017 Final Tournament – Pre-Tournament Press Kit“ (PDF). UEFA.com. Union of European Football Associations. — „Statistics apply for UEFA European Women's Championship from 1991 onwards. All years given are dates for final tournament; four teams until 1997 including 1995 two-legged semi-finals“. 2019-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-dekabr 2019-yil.
- ↑ „Fifa and Uefa suspend all Russian teams“ (inglizcha). BBC Sport. Qaraldi: 28-fevral 2022-yil.
- ↑ (28-fevral 2022-yil). „FIFA/UEFA suspend Russian clubs and national teams from all competitions“. Press-reliz.