2007-yilgi Futbol Ligasi Ikkinchi pley-off finali
Rickie Lambert final o'yinida jarima zarbasini amalga oshirdi | |||||||
| |||||||
Sana | 2007-yil 26-may | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin oʻtkazilgan joy | Wembley stadioni, London | ||||||
Hakam | Mike Jones | ||||||
Tomoshabinlar soni | 61,589 | ||||||
← 2006 2008 → |
2007-yilgi Futbol Ligasi Ikkinchi pley-off finali 2007-yil 26-may kuni Londonning Wembley stadionida „Bristol Rovers“ va „Shrewsbury Town“ futbol klublari oʻrtasida boʻlib oʻtgan futbol oʻyini boʻlib, Futbol Ligasi Ikkinchidan Futbol Ligasi Birinchiga koʻtarilish uchun uchinchi va yakuniy jamoani aniqladi. 2006—2007-yilgi Futbol Ligasi 2- mavsumining eng yaxshi ikki jamoasi birinchi ligaga avtomatik ravishda koʻtarilishdi, jadvalda uchinchidan oʻrindan oltinchi oʻringacha joylashgan jamoalar esa pley-off yarim finalida ishtirok etishdi. Ushbu yarim final gʻoliblari 2007—2008-yilgi mavsumda Birinchi ligada final oʻrinlari uchun kurashdilar.
„Bristol Rovers“ futbol klubi Angliya futbolining toʻrtinchi bosqichida pley-off finaliga chiqdi. 2007-yilgi final oʻyinini 61 589 kishi tomosha qilgan, bu Angliya futbolining toʻrtinchi bosqichida oʻtkazilgan oʻyin uchun rekord natija edi. Ushbu oʻyin Mike Jones tomonidan boshqarilgan.
„Shrewsbury Town“ futbol klubi keyingi mavsumni oʻn sakkizinchi pogʻonada yakunladi va quyi ligaga chiqish zonasidan sakkiz pogʻona yuqori boʻldi. „Bristol Rovers“ birinchi ligada oʻn oltinchi oʻrinni egalladi va uchinchi pogʻonadagi oʻrnini saqlab qoldi.
Finalga yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Bristol Rovers" futbol klubi 2006—2007-yilgi mavsumni Angliya futbol ligasi tizimining toʻrtinchi darajasi boʻlgan Futbol Ligasi 2da oltinchi oʻrinda yakunladi. „Shwesbury Town“ futbol klubi esa „Bristol Rovers“ klubidan bir pogʻona pastda edi. Shuning uchun ikkala klub ham Futbol Ligasi 1 ga chiqish uchun uchta avtomatik joydan mahrum boʻlishdi va oʻrniga toʻrtinchi koʻtarilgan jamoani aniqlash uchun pley-offda ishtirok etishdi.
Uchrashuv
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uchrashuv 2007-yil 26-may kuni „Wembley“ stadionida soat 3 lar atrofida boshland. Stadionga 61 589 tomoshabin yigʻilgan edi[1]. Uchrashuvning uchinchi daqiqasida „Shrewsbury Town“ futbol klubi hisobda oldinga chiqib oldi: Neil Ashtonning oʻngdan oshirgan jarima zarbasini Stewart Drummond boshi bilan „Bristol Rovers“ darvozaboni Steve Phillips darvozasining pastki burchagiga joyladi. Oʻyinning 21-daqiqasida Green toʻpni oʻng qanotdan pastga tushirib oldi va Walkerga uzatdi. Walker toʻpni „Shrewsbury Town“ darvozasiga joyladi. Taym tugashiga oʻn daqiqa qolganida Lewis Haldane toʻpni chap qanotdan Walkerga uzatdi va Walker toʻpni nazorat qilib oldi hamda uni „Shrewsbury“ klubi darvozaboni Mackenzie ustidan oshirib, intervaldagi hisobni 2 – 1 koʻrinishiga keltirdi[2]. Ikkinchi boʻlim oxirida „ Shrewsbury Town“ futbol klubi aʼzosi Marc Tierney Campbell bilan kechgan oʻyindan soʻng ikkinchi sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi. Qoʻshib berilgan vaqtga ikki daqiqa qolganida Shrewsbury Town burchak toʻpini qoʻlga kiritdi, bunda ularning darvozaboni MacKenzie ham raqib jarima maydoniga yetib keldi. „Bristol Rovers“ futbolchilari qarshi hujum uyushtirib, Igoeni toʻp bilan taʼminlashdi va u boʻsh darvozaga ishgʻol etdi. Uchrashuv 3 – 1 hisobida Bristol Rovers foydasiga hal boʻldi va ular birinchi ligaga chiqdi[3].
Tafsilotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2007-yil 26-may 15:00 BST |
Bristol Rovers | 3–1 | Shrewsbury Town | Wembley, London Tomoshabinlar: 61,589 Hakam: Mike Jones |
---|---|---|---|---|
Walker 21', 35' Igoe 90' |
(ma'lumot) | Drummond 3' |
Bristol Rovers | Shrewsbury Town |
|
|
Oʻyindan keyin
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toʻrtinchi bosqich pley-off finali uchun 61 589 tomoshabin ishtirok etgani rekord boʻldi va "The Guardian" nashrining hisob-kitoblariga koʻra, yigʻilganlarning 37 000 dan ortigʻi „Bristol Rovers“ futbol klubi tarafdorlari boʻlgan[4]. Oʻyinchi sifatida pley-off yarim finalida uchta magʻlubiyatga uchragan Trollope gʻalabani „faoliyatimdagi eng buyuk kun“ deb taʼrifladi[2]. Biroq, u ikki toʻp farqi uning jamoasini biroz xushnud qilganiga ishonchini taʼkidladi. Walker: „Bu hayotimdagi eng katta oʻyin boʻlishini bilardim . . . Ular gol urishganda biz oʻzimizga shubha qilmadik, oʻz qobiliyatimizga ishondik, oʻyinga qaytdik va gʻalaba qozonish ajoyib voqea edi“[5]. „Shrewsbury Town“ klubi menejeri Gary Peters taʼrificha: „Agar biz tomonda Walker boʻlganida, boshqacha boʻlishi mumkin edi. Ularda ikkita imkoniyat boʻldi va ulardan foydalanishdi, bizda toʻrtta imkoniyat boʻldi va ularni oʻtkazib yubordik… Oʻylaymanki, mavsum biz uchun yomon boʻlmadi. Biz hammadan koʻra toʻrtta koʻproq oʻyin oʻtkazdik.“[5]
„Shrewsbury Town“ futbol klubi keyingi mavsumni 18-oʻrinda yakunladi va quyi ligaga chiqish zonasidan 8 ochko yuqorida joylashdi[6]. „Bristol Rovers“ 2007—2008-yilgi Futbol Ligasi 1 da 16-oʻrinni egalladi va uchinchi bosqichda oʻz oʻrnini saqlab qoldi[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Bristol Rovers v Shrewsbury Town, 26 May 2007“. 11v11. AFS Enterprise. 11-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-iyun 2021-yil.
- ↑ 2,0 2,1 Jackson. „Walker brace tames Shrews as Rovers enjoy final flourish“. The Observer (27-may 2007-yil). 12-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-iyun 2021-yil.
- ↑ Bevan. „Bristol Rovers 3–1 Shrewsbury“. BBC Sport (26-may 2007-yil). 27-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-iyun 2021-yil.
- ↑ Wilson. „Walker applies finishing touch to Rovers' revival“. The Guardian (28-may 2007-yil). 17-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-iyun 2021-yil.
- ↑ 5,0 5,1 Glanville. „Walker leads Rovers to glory“. The Sunday Times (27-may 2007-yil). 12-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-iyun 2021-yil.
- ↑ „League Two – 2007/2008 – Regular season“. Soccerway. Perform Group. 19-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyun 2021-yil.
- ↑ „League One – 2007/2008 – Regular season“. Soccerway. Perform Group. 11-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyun 2021-yil.