2010-yilgi Vladikavkaz terakti
Vladikavkazdagi terakt 2010-yil 9-sentabr kuni Moskva vaqti bilan soat 11:20 da sodir boʻlgan[1][2][3].
Vladikavkaz markaziy bozori yaqinida oʻrnatilgan bombani Nazran shahridan boʻlgan 24 yoshli xudkush-terrorchi Magomed Latirov ishga tushirgan. U savdo maydoni yonidan Volga-3102 rusumli yengil avtomashinada oʻtib ketayotgan boʻlgan. Trotil ekvivalentida quvvati 40 kg gacha boʻlgan portlovchi qurilma armatura va murvat boʻlaklari koʻrinishidagi zarar yetkazuvchi elementlar bilan toʻldirilgan boʻlgan[4]. Birozdan keyin savdo maydoniga kiraverishda yana bir portlovchi qurilma aniqlangan[5]. Portlash natijasida jami 18 kishi halok boʻldigan. Shundan 14 kishi voqea joyida, yana toʻrt kishi kasalxonada vafot etgan. 202 kishi turli darajada tan jarohati olgan.
Shimoliy Osetiya rahbari Taymuraz Mamsurovning farmoni bilan 2010-yil 10-sentabr respublikada motam kuni deb eʼlon qilindi[6].
Portlash fakti boʻyicha Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205 (terrorchilik harakati), 105- modda 2-qismi(ikki va undan ortiq odam oʻldirish) va 222- (noqonuniy qurol savdosi) moddalari bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Bosh prokuror Yuriy Chayka tergovni shaxsiy nazoratiga olgan[7].
2014 yil 9-aprelda Shimoliy Kavkaz okrugi harbiy sudi terakt tashkilotchisi Iso Xashagulgovni umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qildi. Shuningdek, teraktning yana 4 nafar tashkilotchisi 14 yildan 24 yilgacha ozodlikdan mahrum qilindi[8].
Vladikavkaz bozoridagi oldingi terkatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2008-yil 6-noyabr — oʻn bir kishi halok boʻlgan, qirq bir kishi yaralangan;
- 2002-yil 28-aprel — sakkiz kishi halok boʻlgan, qirqdan ortiq kishi yaralangan;
- 2000-yil 9-iyul — olti kishi halok boʻlgan, oʻn sakkiz kishi yaralangan;
- 1999-yil 19-mart — ellik ikki kishi halok boʻlgan, ikki yuzga yaqin kishi yaralangan[7]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Число пострадавших при теракте во Владикавказе составило 202 человека“. РИА Новости (2010-yil 16-sentyabr). 2012-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 16-sentyabr.
- ↑ Ustanovlena lichnost smertnika s rinka vo Vladikavkaze: Rossiya: Lenta.ru
- ↑ „Для организации расследования и координации работы правоохранительных органов в расследовании уголовного дела, возбужденного по факту взрыва, во Владикавказ вылетел Председатель Следственного комитета“. СКП РФ (2010-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2010-yil 10-sentyabr.[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
- ↑ „Мощный взрыв на рынке в центре Владикавказа: не менее 15 погибших, десятки раненых (ВИДЕО)“. NEWSRu (2010-yil 9-sentyabr).
- ↑ „Теракт во Владикавказе“. Интерфакс (2010-yil 10-sentyabr).
- ↑ Ukaz glavi respubliki Severnaya Osetiya o dne traura
- ↑ 7,0 7,1 „Теракт во Владикавказе: 15 убитых, 80 раненых“. Грани.ру (2010-yil 9-sentyabr).
- ↑ ITAR-TASS: Proisshestviya — Organizatori terakta vo Vladikavkaze poluchili ot 14 let do pojiznennogo zaklyucheniya