2012-yil fenomeni
2012-yil fenomeni esxatologik fenomen boʻlib, 2012-yil 21-dekabr kuni kataklizm yoki keskin oʻzgarishlar sodir boʻlishiga ishonchlarda namoyon boʻladi.[1][2][3] Ushbu sana Maya taqvimida „4-Ajau, Tunning 9-ilohi, 3-Kank’in, 1-Kaban yil“ nomi bilan atalib, 5125 yillik sikl oxiri sifatida belgilangan.[4] Bu sanaga turli astronomik tizilish va numerologik formulalar aloqador qilib koʻrsatiladi, biroq ularning hech biri akademik fan tomonidan qabul etilmagan.
New Age harakati tafsiriga koʻra 2012-yil 21-dekabridan boshlab Yer va uning aholisi fizik yoki ruhiy transformatsiyani boshidan kechirishi mumkin.[5] Boshqalarning fikricha bu kuni dunyo yakuni yoki shunga oʻxshash halokat roʻy beradi. Ehtimoliy ssenariylarga Quyosh maksimumi, Yer va ulkan qora tuynuk oʻzaro taʼsiri[6] yoki Yer va Nibiru nomli gipotetik sayyora toʻqnashuvi kiradi.
Turli sohalar olimlari bu farazlarni asossiz, deb baholashadi. Mayashunos tarixchilar Maya solnomalarida qiyomat haqida eslatilmagan, deyishadi.[3][7][8] Astronomlar va boshqa olimlar bu farazlarni soxta fan, deb rad etishadi.[9]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Robert K. Sitler (2006). „The 2012 Phenomenon: New Age Appropriation of an Ancient Mayan Calendar“. Novo Religio: the Journal of Alternative and Emergent Religions. 9-jild, № 3. Berkeley: University of California Press. 24–38-bet. doi:10.1525/nr.2006.9.3.024. ISSN 1092-6690. OCLC 357082680.
{{cite magazine}}
: Unknown parameter|month=
ignored (yordam) - ↑ Sacha Defesche. „'The 2012 Phenomenon': A historical and typological approach to a modern apocalyptic mythology.“. skepsis (2007). Qaraldi: 29-aprel 2011-yil.
- ↑ 3,0 3,1 G. Jeffrey MacDonald.. „Does Maya calendar predict 2012 apocalypse?“. USA Today (27-mart 2007-yil). Qaraldi: 14-oktabr 2009-yil.
- ↑ 2012 Maya Calendar Mystery and Math, Surviving Yucatan
- ↑ Benjamin Anastas (1-iyul 2007-yil). „The Final Days“ (reproduced online, at KSU). The New York Times Magazine. New York: The New York Times Company. Section 6, p.48-bet. Qaraldi: 18-may 2009-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „2012: Shadow of the Dark Rift“. NASA (2011). Qaraldi: 28-oktabr 2012-yil.
- ↑ David Stuart, The Order of Days: The Maya World and the Truth about 2012, Harmony Books, 2011
- ↑ David Webster. „The Uses and Abuses of the Ancient Maya“ (PDF). The Emergence of the Modern World Conference, Otzenhausen, Germany: Penn State University (25-sentabr 2007-yil). 2009-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-oktabr 2009-yil. „arxiv nusxasi“. 2012-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-dekabr.
- ↑ „2012: Beginning of the End or Why the World Won't End?“. NASA (2009). 2011-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-fevral 2011-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 21 декабрь куни нима бўлади? (Wayback Machine saytida 2012-12-13 sanasida arxivlangan), kun.uz
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |