42 Dugg
42 Dugg | |
---|---|
Tavalludi |
Dion Marquise Hayes 1995-yil 25-noyabr |
Janrlar | Hip hop • Gangsta rap |
Kasbi | Reper • Muallif |
Faoliyat yillari | 2017-yildan–hozirgacha |
Leybllar | 4PF • CMG • Interscope • Empire |
Fuqaroligi | AQSh |
Veb-sayt | 42dugg.com |
Dion Marquise Hayes (1995-yil 25-noyabrda tugʻilgan) — professional ravishda 42 Dugg nomi bilan tanilgan amerikalik reper. U Interscope Records bilan birgalikda Lil Baby va Yo Gottining leybli „4 Pockets Full“ (4PF) va „Collective Music Group“ (CMG) bilan hamkorlik shartnomasini imzolangan. U Lil Baby bilan hamkorligi „Grace“ va „We Paid“ qoʻshiqlari bilan mashhur boʻlib, ikkinchisi Billboard Hot 100 roʻyxatida uning birinchi Top 10 taligiga kirdi. Uning ikkinchi mixteypi „Young & Turnt 2“ olqishlarga sazovor boʻldi va Billboard 200da debyutini belgiladi. Uning toʻrtinchi miksteypi „Free Dem Boyz“ 2021-yilda chiqdi va Billboard 200 roʻyxatida 8-oʻrinni egalladi[1].
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hayes 1995-yil 25-noyabrda tug‘ilgan va Michigan shtatining Detroit shahrining Uittier avenyu va Ueybern ko‘chasi yaqinida o‘sgan. Dugg nomidagi „42“ raqami Hustle Boys deb nomlanuvchi mahalliy „Crips LC“ toʻplamiga tegishlidir. U 15 yoshida avtomashinani oʻgʻirlagani uchun hibsga olindi va 4 yilga qamoq jazosiga hukm qilindi, keyinchalik, qamoqdagi mahbus bilan janjal uning qamoq muddatini jami 6 yilga uzaytirdi. U ikki marta bir oyni karserda o‘tkazdi. Shu vaqtlarda u lirik mavzuga qoʻl urdi va 22 yoshida ozod qilindi. U 2017-yilda reper Lil Baby bilan tanishgan. U Yo Gotti va Jeezyni tinglab katta boʻlgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hayes birinchi boʻlib „The Streets“ va „STFU“ treklari orqali ommani qiziqishini uygʻotdi. Lil Baby bilan singl yaratganidan soʻng, u Interscope Records bilan birgalikda Lil Babyʼs 4 Pockets Full (4PF) va Yo Gotti 's Collective Music Group (CMG) bilan shartnoma imzoladi. 42 Dugg 2020-yil fevral oyida Lil Babyning „Grace“ trekida ishtirok etdi va Billboard Hot 100 roʻyxatida 48-oʻrinni egallaganida butun mamlakat eʼtiborini tortdi. U, shuningdek, 2020-yilning may oyida Lil Babyning „We Paid“ trekida ishtirok etdi va Billboard Hot 100 roʻyxatida 10-oʻrinni egalladi. Bu uning „Young & Turnt 2“ miksteypining sotuvini oshirib, Billboard 200 roʻyxatida 58-oʻrinni va Billboardning Mustaqil albomlar chartida oltinchi oʻrinni egalladi. Hayes Marshmello, Lil Keed, Meek Mill, Blac Youngsta, Big Sean, TI, Kaash Peige, Tory Lanezva Latto kabi boshqa reperlar uchun qoʻshiqlarda birga kuylab, muvaffaqiyatga erishdi.
Musiqiy uslubi
[tahrir | manbasini tahrirlash]42 Dugg odatda oʻz musiqasida xira vokal sabab auto-tune uslubidan foydalanadi. Uning hushtagi 2020-yilgi „Young and Turnt Vol 2“ miksteypidagi deyarli har bir qoʻshiqni boshlaydigan oʻziga xos ovozi sifatida qayd etilgan.
Diskografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mixteyplar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nomi | Mixteyp tafsilotlari | Chartdagi eng yuqori oʻrni | |||
---|---|---|---|---|---|
US [2] |
US R&B/HH [3] |
US Ind. [4] |
CAN [5] | ||
11241 Wayburn |
|
— | — | — | — |
Young and Turnt | — | — | 19 | — | |
Young & Turnt, Vol. 2 |
|
58 | 33 | 6 | — |
Free Dem Boyz |
|
8 | 4 | — | 36 |
Last Ones Left[6] (& EST Gee) |
|
7 | 3 | — | 95 |
„—“ denotes a recording that did not chart or was not released in that territory. |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Olivia Rodrigo's 'Sour' Debuts at No. 1 on Billboard 200 Albums Chart With 2021's Biggest Week“. Billboard (inglizcha). May 30, 2021. Qaraldi: July 25, 2021.
- ↑ „42 Dugg Chart History: Billboard 200“. Billboard. Qaraldi: May 22, 2020.
- Last Ones Left: Caulfield, Keith „Lil Durk's '7220' Returns to No. 1 on Billboard 200 Albums Chart“. Billboard (2022-yil 17-aprel). Qaraldi: 2022-yil 18-aprel.
- ↑ „42 Dugg Chart History: Top R&B/Hip-Hop Albums“. Billboard. Qaraldi: May 22, 2020.
- Last Ones Left: „Top R&B/Hip-Hop Albums: Week of April 23, 2022“. Billboard. Qaraldi: 2022-yil 19-aprel.
- ↑ „42 Dugg Chart History: Independent Albums“. Billboard. Qaraldi: May 22, 2020.
- ↑ „42 Dugg Chart History: Canadian Albums“. Billboard. Qaraldi: September 1, 2021.
- Last Ones Left: „Billboard Canadian Albums: Week of April 23, 2022“. Billboard. Qaraldi: 2022-yil 19-aprel.
- ↑ Saponara, Michael „42 Dugg & EST Gee Reveal Last Ones Left Release Date & Cover Art“. HipHopDX (2022-yil 5-aprel). Qaraldi: 2022-yil 7-aprel.