Kontent qismiga oʻtish

500 harakatli oʻyinlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
500 harakatli oʻyinlar
Muallif(lar) Talʼat Usmonxoʻjayev
Asqar Tolipjonov
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i jismoniy tarbiyadan qoʻlanma
Nashr etilgan sanasi 2011-yil, 2014-yil
Nashriyot Bekinmachoq-Plyus
Sahifalar soni 280
ISBN ISBN 978-9943-324-14-5

500 harakatli oʻyinlar — Talʼat Usmonxoʻjayev va Asqar Tolipjonov hammuallifligida yozilga kitob. Kitob mavjud boʻlgan 500 harakatli oʻyinlar haqida yozilgan. Har bir harakatli oʻyinlar haqida alohida toʻliq maʼlumotlar taqdim etilgan[1].

Vaqtlar oʻtgani sayin xalq harakatli oʻyinlari, milliy qadriyatlar tobora yoʻqolib ketmoqda. Shu sababli ushbu kitob milliy qadriyatlar, xalq harakatli oʻyinlarini saqlab qolish uchun yozilgan. Mazkur kitob keng qamrovli — ota-onalar, maktab, kollej, oliy oʻquv yurtlarining jismoniy tarbiya fakultetlari oʻqituvchilari va talabalari, shuningdek, bola tarbiyasiga oʻzlarini masʼul deb bilgan barcha kitobxonlar uchun moʻljallangan.

Toʻplamni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Maʼmura Qutliyeva — muharrir, Sunnat Musamedov — musahhih, Uygʻun Solixov — badiiy muharrir, Feruza Botirova — komputerda sahifalovchi, Surayyo Axmedova — texnik muharrir. Kitobni bosishga 2014-yil 17-noyabrda ruxsat berilgan. Adadi 2000 nusxa. Litsenziya raqami: AI№252.