5 600 soʻm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

„5 600 soʻm“ (toʻliq: „Kuniga 5 600 soʻm ishlab topgan odam kambagʻal emas“) — Prezident Administratsiyasi qoshidagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov tomonidan aytilgan hamda turli muhokamalarga sabab boʻlgan jumla[1]. Ushbu jumla ijtimoiy tarmoqlarda keskin tanqidlarga uchradi va kulgili memlar mavzusiga aylandi[2].

Ommalashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilning 3-noyabr kuni „Kun.uz“ internet nashrida Obid Hakimovning Oʻzbekistonda kambagʻallikka qarshi kurash ishlari, xalqaro tadqiqotlar hamda xorijiy tajribalar haqida bergan intervyusida „Kuniga 5 600 soʻm ishlab topgan odam kambagʻal emas“ degan jumlani ishlatdi:

2020 yilda bajarilgan hisob-kitobga ko‘ra, kishi boshiga 3,2 AQSH dollari, ya’ni 5,600 so‘m to‘g‘ri kelib, O‘zbekistonda shuncha mablag‘ ishlab topgan odam kambag‘al emas...

— Obid Hakimov, [3]

Tanqidi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Intervyu eʼlon qilinishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi hamda keskin tanqidlarga uchradi.

„AQShda 3,2 dollarga yarim kilo mol go‘shti qiymasini olsa bo‘ladi. Yoki 1,5 kilo tovuq go‘shti. Yoki 36ta tuxum. 5,5 litr sut olsa bo‘ladi. 3,5 kilogram banan. 6,3 litr 89- benzin. O‘zbekistonda 5600 so‘mga nima olsa bo‘ladi? Yozib ko‘ringlarchi?“

— Amerikadagi oʻzbek iqtisodchisi Behzod Hoshimov, [2]

„Biz Ulug‘bek Inoyatovdan bekorga xafa bo‘lib yurgan ekanmiz. Undan battarlari bor ekan, qoyil! Bir oyda bir yuz oltmish sakkiz ming so‘mning nari-berisida topsak, qariyb boy hisoblanarkanmiz...XDP rahbarida sal insof bo‘lgan ekan, bu akada esa oddiy uyat ham yo‘q ekan“

— platforma.uz Telegram kanali, [2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]