Kontent qismiga oʻtish

Gʻani Aʼzamov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(A'zamov G'anidan yoʻnaltirildi)
Gʻani Aʼzamov
Tavalludi 7-yanvar 1909-yil
Vafoti 2001-yil
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi aktyor
Filmlari Maftuningman
Janr komediya
Faoliyat yillari 19531991

Gʻani Aʼzamov (1909-yil 7-yanvar, Toshkent, Rossiya imperiyasi — 2001, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbek-sovet teatr va kino aktyori. Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1961). Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti laureati.

Aktyorlik faoliyatini 1930-yil Hamza teatrida boshlagan. „Halima“ musiqali dramasidagi Rahim yamoqchi uning birinchi roli. Uygʻunning „Qaltis hazil“ komediyasidagi Mamarasul sahnadagi ilk yutugʻidir. U yuzga yaqin mukammal obrazlar yaratgan. Domla imom („Boy ila xizmatchi“), Munajjim („Alisher Navoiy“), Arslonsher („Chin muhabbat“), Soqi sumbat („Togʻa-jiyanlar“), Qambar („Qutlugʻ qon“), Yusuf („Soʻnggi nusxalar“), Omonyor („Qonli sarob“), Bobchinskiy („Revizor“), Launs („Veronalik ikki yigit“) va boshqa shular jumlasidan. Aktyor hajviy, dramatik, lirik rollarni bir xil mahorat bilan oʻynaydi. U qanday rol oʻynamasin, oʻzining hajvkorlik isteʼdodini, oʻtkir kinoyasini ishga so-ladi, ushoq rollarni ham hayotiy tafsilot bilan boyitib esda qoldiradi. „Romeo va Juletta“, „Gang daryosining qizi“ spektakllaridagi Petr va Nabikori rollarida bir soʻz demasada, oʻz shaxsiyatidan mahrum, mudroq bosgan, nimjon, irodasiz kishilar qiyofasini gavdalantirdi. U yaratgan Moʻmin („Oltin devor“), Almandar („Almandar“) obrazlari aktyor ijodida alohida oʻrin tutadi. Usta Moʻminda aktyor kulgi talqinini oʻrni-oʻrnida fojiaga yaqinlashtirdi. S.Ahmadning unga atab yozgan „Kuyov“ komediyasida aktyor gavdalantirgan Gʻani timsolida yolgʻizlik fojiasi yoritildi. Filmlardagi asosiy rollari: Sartarosh („Maftuningman“), Qambar choʻloq („Qutlugʻ qon“), Domla imom („Boy ila xizmatchi“), Qora shoh („Ikki dil dostoni“), Xolmat („Suyunchi“), Serhunar choyxonachi („Temir xotin“) va boshqa „Nashtar“ satirik kinojurnalining eng faol ishtirokchilaridan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati. F. Aʼzamov Moʻmin rolida (E. Vohidov, „Oltin devor“)[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil