AFC Chaqiruv Ligasi
AFC Challenge ligasi — Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (AFC) tomonidan har yili oʻtkaziladigan qit'a klublari futbol musobaqasi. Musobaqa AFC klublar oʻrtasidagi musobaqalar reytingi asosida yuqori toifadagi AFC Chempionlar ligasi elitasi yoki ikkinchi darajali OChL 2 uchun toʻgʻridan-toʻg'ri saralash yo'llanmalarini olmagan davlatlar klublari o'rtasida o'tkaziladi.
Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]
2022-yil 23-dekabrda AFC klublari musobaqalari tuzilmasi belgilangan formatdan oʻzgarishi e’lon qilindi. Yangi rejalarga koʻra, Osiyo futbolining top-klublar musobaqasi Sharqiy va Gʻarbiy mintaqalarga boʻlingan 24 ta jamoadan, ikkinchi turnir esa bir guruhlarga boʻlingan holda 32 ta jamoadan iborat boʻladi. Shuningdek, eng yaxshi ikki musobaqaga toʻgʻridan-toʻgʻri saralash yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmagan klublar uchun (2014-yildan beri birinchi marta) uchinchi darajali musobaqa qayta boshlanishi e'lon qilingan[1]. 2023-yil 14-avgustda yangi musobaqa 2024/2025-yildan boshlab AFC Chaqiruv Ligasi deb nomlanishi tasdiqlandi[2].
Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „AFC Competitions Committee recommends strategic reforms to elevate Asian club football“. AFC (2022-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 24-dekabr.
- ↑ „AFC Executive Committee approves biggest prize purse in Asian club football history from 2024/25; announces AFC Women's Champions League“. AFC (2023-yil 14-avgust). Qaraldi: 2023-yil 14-avgust.