Kontent qismiga oʻtish

AQSh va Isroilning Toshkentdagi elchixonalarida yuz bergan portlashlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
AQSh va Isroilning Toshkentdagi elchixonalarida yuz bergan portlashlar
Sana 2004-yil 30-iyul
17:00 (UTC+5)
Nishon AQSh va Isroilning Toshkentdagi elchixonalari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
Hujum turi
Terakt
Halok boʻlganlar 2 kishi
Jarohat olganlar
9 kishi
Jinoyatchilar 3 kishi

AQSh va Isroilning Toshkentdagi elchixonalarida yuz bergan portlashlar — 2004-yil 30-iyul juma kuni O‘zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrida xudkush terrorchilar tomonidan uchta portlashlar sodir bo‘ladi. Uchala hujum Isroil va Amerika Qo‘shma Shtatari elchixonalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi binosiga qaratilgandi. Isroil elchixonasiga bo‘lgan hujumlar oqibatida ikki nafar o‘zbekistonlik xavfsizlik xizmati xodimlari halok bo‘lishadi, shuningdek, yana 9 kishi yaralanadi[1][2][3].

Portlashlar deyarli bir vaqtda, taxminan soat 17:00 da yuz bergan[1]. Isroil elchixonasining ikki nafar o‘zbekistonlik qo‘riqchilarini terrochi kirish eshigiga kirgandayoq halok qiladi[3]. Halok bo‘lgan qo‘riqchilardan biri Isroil elchisining shaxsiy qo‘riqchisi hisoblangan[1]. Prokuratura binosida sodir bo‘lgan portlashda 7 kishi, AQSh elchixonasi yaqinidagisida esa 2 kishi jarohatlangan. Teraktlarda AQSh va Isroil fuqarolari jabrlanmagan[2].

Portlashlar 2004-yil boshida bo‘lib o‘tgan qo‘poruvchilik harakatlari (teraktda koʻpchiligi harbiylarni[1] tashkil qilgan 47 kishi halok boʻlgan), yaʼni O‘zbekiston hukumatini ag‘darishni tashkillashtirgan „Al-Qoida“ terrochilik tashkiloti aʼzoligida gumonlangan 15 nafar shaxs ustidan bo‘lib o‘tgan suddan so‘ng sodir bo‘lgan[2][3]. Teraktlar uchun javobgarlikni „Islomiy jihod ittihodi“ o‘z zimmasiga oldi[4]. Bundan tashqari, bu portlashlarni uyushtirganlikda Al-Qoida va Oʻzbekiston islomiy harakati ham gumon qilinadi[1].

Teraktdan so‘ng amalga oshirilgan tadbirlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yilning kuzida Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Toshkentdagi teraktlarda ishtirok etganlikda gumon qilingan Qozog‘iston va O‘zbekiston fuqarolarini bir nechtasini hibsga oladi. Ayni paytda Qozog‘iston rasmiylari mamlakatda, ayniqsa janubda islomiy guruhlar ustidan nazoratni kuchaytirdi[5]. Isroil elchixonasida ro‘y bergan portlashdan so‘ng Isroil razvedkachilaridan iborat guruh zudlik bilan mahalliy huquq-tartibot kuchlari bilan birgalikda tergov ishlari olib borishga jo‘natiladi: O‘zbekiston, Isroil va AQSh razvedka xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlik O‘zbekiston hukumatiga mamlakatdagi terrorchilik harakatlar faolligini kamaytirish imkonini berdi[6].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Glasser, Susan B. „U.S., Israeli Embassies Hit In Uzbek Bomb Attacks“. washingtonpost.com. Washington Post. 2018-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Two killed in Uzbekistan blasts“. bbc.com. BBC. 2019-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Suicide Bombers Strike U.S., Israeli Embassies in Uzbekistan“. pbs.org. PBS. 2017-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Germany: Authorities Say Uzbekistan-Based Group Behind Terrorist Plot“. rferi.org. RadioFreeEurope. 2019-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  5. Omelicheva 2010, s. 130
  6. Shpiro 2012, s. 254-255