Kontent qismiga oʻtish

ASICS

Vikipediya, erkin ensiklopediya
ASICS
Turi Transmilliy korporatsiya va ommaviy kompaniya
Tarmogʻi sport tovarlari, tekstil
Qachon asos solingan 1949-yil 1-sentyabr
Joylashuvi Kobe, Yaponiya
Hududiy xizmati dunyo boʻylab
Asoschi(lari) Kihachiro Onitsuka
Rahbariyat Kiyomi Wada (rais)
Mahsulot(lar)i kiyim-kechak, poyabzal, aksessuar
Aylanma daromadi ¥404.0 milliard (2021)
Operatsion foydasi ¥21.9 milliard (2021)
Ishchilar soni 8,904 (2020)
Vebsayti www.asics.com

ASICS – Yaponiyaning sport poyabzallari va kiyimlar ishlab chiqarish boʻyicha yetakchi korporatsiyasilardan biri. Kompaniya shtab-kvartirasi Yaponiyaning Kobe shahrida joylashgan.

ASICS kompaniyasi ilk faoliyatini urushdan keyin 1949-yil 1-sentyabrda[1] Yaponiyada boshlagan. Kixachiro Onitsuka (yaponcha: 鬼塚 喜八郎) urushdan keyingi ogʻir davrda Yaponiya yoshlari uchun qanday yordam berish borasida bosh qotirgan va oʻz yurtdoshlarini sport bilan ilhomlantirishga va ular uchun mutlaqo yangi sport brendini yaratishga qaror qilgan[2]. Shunday qilib, Onitsuka Tiger brendi dunyoga kelgan.

Oʻz faoliyatining dastlabki yillarida kompaniya faqat Yaponiya va Xitoyning ichki bozoriga mahsulot yetkazib bergan. Nike asoschilari Phil Knight va Bill Bowerman bu imkoniyatdan foydalanib, kompaniyadan krossovkalar sotib olgan va ularni AQShda qayta sotishgan[3]. 1977-yilda kompaniya kengaygach, Onitsuka Tiger nomi ASICSga oʻzgartirilgan. ASICS „Anima sana in corpore sano“ jumlasining qisqartmasi boʻlib, lotinchada „Sogʻ tanda sogʻlom aql“ degan maʼnoni anglatadi. Shuningdek, Kobe shahrida yugurish poyabzallarini oʻrganib chiqish va ularni loyihalash maqsadlariga qaratilgan sport tadqiqot instituti ham tashkil etilgan.

ASICS hozirda sport kiyimlari va poyabzallari ishlab chiqarish boʻyicha dunyodagi eng yirik kompaniyalar orasida 5-oʻrinni egallaydi.

2011-yilning 31-mart holatiga koʻra ASICS butun dunyo boʻylab 5600 dan ortiq odamni ish bilan taʼminlagan.

Keyingi yillarda kompaniya sport tovarlari (oyoq kiyimlari) sotish boʻyicha Yevropadagi eng yetakchi kompaniyaga aylandi.

Reklama homiyligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Christophe Lemaitre[4]
  • Ryan Hall[4] — 2:05:00 dan yuqori vaqt koʻrsatkichiga ega boʻlgan amerikalik uzoq masofaga yuguruvchi yagona oq tanli marafon yuguruvchisi (Boston, 2:04:58, 2011)
  • Mara Yamauchi[4]
  • Lolo Jones[4]
  1. „ASICS Corporation Practical Information“ (en). corp.asics.com (2022-yil 8-mart). 2022-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-mart.
  2. „История“. ASICS Russia. 2016-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-mart.
  3. [1]. 
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 „Спортсмены и федерации, спонсируемые ASICS | ASICS Russia“. 2016-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-noyabr.