Kontent qismiga oʻtish

AV

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

AV (ivritcha: אָב) - yahudiylik kalendari boʻyicha beshinchi oy, dunyo yaratilishi bo’yicha hisoblansa, 11 oy boʻlib, tahminan yoz faslining iyul-avgust oylariga toʻgʻri keladi. Av oyining dastlabki toʻqqiz kuni, ayniqsa, toʻqqizinchi kuni (tisha be-av)ni yahudiy jamoasi motam kunlari sifatida oʻtkazadilar. Avning toʻqqizinchi kuni, yahudiylarning Quddusdagi ilk ibodatxonasi miloddan avvalgi 586-yilda bobilliklar, ikkinchi marotaba rimliklar tomonidan eramizning 70-yillarida vayron qilingan. Shuning uchun, yahudiylar mazkur oyning to’qqizinchi kunini ibodat va nadomatda oʻtkazadilar. Ushbu kunda ular roʻza tutadilar, sinagogada Yahvega iltijo qilib, Yeremiyoning marsiyasi (Tanah kitobining 32-boʻlimi, Ketuvimning 6-kitobi)ni oʻqiydilar. Av oyi kirishi bilan, kiyim-kechaklarni yuvish, yangipoyafzal kiyish (9 Av uchun maxsus tikilgan boʻlsa, bundan mustasno) kabi bir qator taʼqiqlar mavjud[1].

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 10.
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.