Kontent qismiga oʻtish

A Quiet Place: The Road Ahead

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
A Quiet Place: The Road Ahead
Ishlab chiqaruvchi Stormind Games
Nashir etuvchi Saber Interactive
Chiqarilgan sana 17-oktyabr, 2024-yil
Janr Survival horror
Platformalar PlayStation 5
Windows
Xbox Series X/S
Oʻyin rejimlari yolgʻiz oʻyinchili

A Quiet Place: The Road Ahead – Stormind Games tomonidan ishlab chiqarilgan va Saber Interactive kompaniyasi tomonidan nashr qilingan Microsoft Windows, PlayStation 5 va Xbox Series X/S platformalari uchun moʻljallangan survival horror janridagi videooʻyin[1]. Mazkur oʻyin Sokin hudud filmlar seriyasi asosida yaratilgan va unda yangi hikoya namoyish etilgan. U 2024-yilning 17-oktyabridan chiqarila boshlangan[2][3].

A Quiet Place: The Road Ahead yashirinish va survival horrorga asoslangan yolgʻiz oʻyinchili rejimdagi oʻyin hisoblanadi[4][5]. Oʻyinchi qahramonini birinchi shaxs orqali boshqaradi va uni post-apokaliptik dunyodagi eshitish qobiliyati kuchli boʻlgan koʻr maxluqlardan qochishi uchun yoʻl koʻrsatishi kerak[6][7]. Oʻyin turli xususiyatlarga ega, jumladan mikrofon variantlari ham mavjud. Bu variantlar oʻyin davomidagi yirtqich hayvonlarga, agar siz biron tovush chiqarsangiz, sizning borligingizni aniqlash imkonini beradi yoki oʻyinchiga tovush darajalari haqida maʼlumot yetkazadi[8][9][10].

Sozlamalar va qahramonlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hikoyaning bosh qahramoni Alex Taylor (Anairis Quiñones tomonidan ovoz berilgan), post-apokaliptik dunyoda omon qolgan astmatik kollej talabasi, yigiti Martin bilan birga oʻzga sayyoraliklar tomonidan tahdid ostida qolishadi[11][12][13][14]. Martinning oʻlimidan soʻng, Alex homilador holatida tirik qolish uchun oʻz kuchiga tayanishiga toʻgʻri keladi.

Alex va Martin tashlandiq ranchoga kelib, oʻzlari boshpana sifatida foydalanib kelayotgan shifoxona uchun oziq-ovqat va tibbiy anjomlarni qidirishadi. Qidiruv paytida koʻngli aynigan Alex homiladorlik testini topib oladi va Martindan homilador ekanligini aniqlaydi. Ular tunni ranchoda oʻtkazishadi. Ertasi kuni ortga qaytayotgan paytda, Alexning oyogʻi yogʻochga tiqilib qoladi va yaqin atrofdagi maxluqni oʻziga chorlaydi. Astmaga qarshi ingalyator uning qoʻlidan tushib ketadi va maxluq u tomon harakat qiladi. Martin esa uni qutqarish uchun maxluqni oʻziga chorlaydi.

Shifoxonaga qaytishganida Alexning otasi Kenneth uning homiladorligini payqab qoladi va ikkalasi qochishni rejalashtirishadi. Bu haqida Martinning onasi Laura ham xabar topadi va Alexni xonaga qamab qoʻyadi. Otasining yordami bilan Alex qochishga muvaffaq boʻladi, biroq Kenneth va Lauraning tortishuvidagi shovqinn sababli shifoxonaga maxluqlar bostirib kiradi hamda ular odamlarni evakuatsiya qilishlariga toʻgʻri keladi.

Alex otasi bilan tashlandiq lagerda koʻrishadi. Ular buzilgan radioni topib olishadi va Alex radio uchun kerakli ehtiyot qismlarni topib keladi. Radio yordamida ular maxluqlarning suzishni bilmasliklarini va maxluqlar yetib bormagan orol haqida bilib olishadi. Ikkalasi qayiq topish uchun reja tuzishadi, lekin Laura paydo boʻlib Kennethni Alex qayerdaligi haqida bilish maqsadida qoʻlga oladi. Ular oʻrtasida boʻlib oʻtgan kurashda Laura kutilmaganda Kennethni otib oʻldirib qoʻyadi. Alex qochishga muvaffaq boʻladi va sharshara ostida yashirinib dam oladi.

Keyingi kun Alex oʻzi qayiq topish maqsadida qishloqqa boradi. Qidiruv jarayonida u faqatgina oʻt oʻchirish boʻlimida bitta qayiq qolganini aniqlaydi. Elektr qutilarni yoqish jarayonida oʻt oʻchirish boʻlimiga oʻt tushadi. Tutun Alexni hushidan ketkizadi, biroq Laura uni topadi va qutqarib qoladi. Laura Alexga qayiqqa yetib olishi uchun niqobini beradi va oʻzi maxluqlarni chalgʻitish uchun mayoqqa boradi. Alex qayiqqa chiqadi va qochib qoladi. Ertasi kuni u radio orqali kimnidir tirik qolganlarni qidirayotgan ovozini eshitadi va u tirikligini bayon qiladi.

Ishlab chiqarilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil oktyabr oyida, filmlar seriyasining davomi sifatida videooʻyin ishlab chiqilayotganligi eʼlon qilingan. Oʻyindagi voqealar hali aytilmaganligi haqida xabar berilgan. Yaratuvchilar: „A Quiet Place video oʻyini muxlislarga filmlarning tarangligini ilgari his etmagan immersiya darajasi bilan his qilish imkonini beradi“ deb taʼkidlashgan. Saber Interactive tomonidan nashr etiladigan mazkur loyiha iLLOGIKA, EP1T0ME Studios Inc. va Paramount Pictures bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan[15]. 2024-yil iyun oyida Stormind Games kompaniyasi ushbu oʻyinning ishlab chiquvchisi ekanligi maʼlum qilingan[16][17].

oʻyin haqida 2021-yil oktyabr oyida eʼlon qilingan[15]. Sarlavha nomi eʼlon wilinishi bilan birga ilk treyler 2024-yil iyun oyida chiqarilgan. A Quiet Place: The Road Ahead oʻyini Microsoft Windows, PlayStation 5 va Xbox Series X/S platformalari uchun 2024-yilning 17-oktyabr kuni chiqarilgan[18][19].

Qabul qilinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyin Metacritic saytiga koʻra „aralash va oʻrtacha“ izohlarni qabul qilib olgan[20].

  1. „Company“. Stormind Games. Qaraldi: 2024-yil 4-iyul.
  2. Bunn, Glenn „A Quiet Place: The Road Ahead - Release Date, Movie Connections, & Pre-Order Bonuses“. Screen Rant (2024-yil 6-avgust). 2024-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
  3. Wilson, Mike „'A Quiet Place: The Road Ahead' Launches October 17 [Trailer“]. Bloody Disgusting (2024-yil 6-avgust). 2024-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
  4. Moorcroft-Sharp, Jamie „A Quiet Place: The Road Ahead is a narrative-driven first-person survival horror title launching later this year“. Destructoid (2024-yil 17-iyun). 2024-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-iyun.
  5. Scott, Ryan „The A QUIET PLACE Video Game Gets A Creepy Teaser Trailer“. Fangoria (2024-yil 17-iyun). 2024-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-iyun.
  6. Wutz, Marco (June 17, 2024). „A Quiet Place: The Road Ahead is coming to PC, PS5, and Xbox Series XS in 2024“. Sports Illustrated. June 18, 2024da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: June 18, 2024.
  7. Bolt, Neil „A Quiet Place: The Road Ahead Trailer Revealed for Video Game Adaptation of Hit Horror Movie Series“. ComingSoon (2024-yil 17-iyun). 2024-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-iyun.
  8. Davis, Wes „Players will need a quiet place if they want to survive the A Quiet Place game“ (en). The Verge (2024-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 11-oktyabr.
  9. Stewart, Marcus (June 17, 2024). „The A Quiet Place Game Breaks Its Silence With First Reveal Trailer“. Game Informer. June 18, 2024da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: June 18, 2024.
  10. Holiday, Charming „A Quiet Place Video Game Coming Later This Year“. Game Rant (2024-yil 17-iyun). 2024-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-iyun.
  11. „Anairis Quiñones (visual voices guide)“. Behind the Voice Actors. Qaraldi: 2024-yil 9-iyul.
  12. Sheehan, Gavin „A Quiet Place: The Road Ahead Announced For PC & Consoles“. Bleeding Cool (2024-yil 17-iyun). 2024-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-iyun.
  13. Bunn, Glenn „A Quiet Place: The Road Ahead Is A Terrifying Untold Original Story For The Franchise“. Screen Rant (2024-yil 17-iyun). 2024-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-iyun.
  14. Wilson, Mike „Delve Into Story Details With the New 'A Quiet Place: The Road Ahead' Trailer [Watch“]. Bloody Disgusting (2024-yil 3-iyul). 2024-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-iyul.
  15. 15,0 15,1 Del Rosario, Alexandra „'A Quiet Place' Video Game In The Works By Saber Interactive & Illogika“. Deadline Hollywood (2021-yil 26-oktyabr). 2021-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-oktyabr.
  16. Romano, Nick (June 17, 2024). „A Quiet Place video game unveils tense first-look trailer, story details“. Entertainment Weekly. June 17, 2024da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: June 17, 2024.
  17. LeBlanc, Wesley (July 2, 2024). „A Quiet Place: The Road Ahead Story Trailer Showcases The Silent End Of The World“. Game Informer. July 6, 2024da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: July 6, 2024.
  18. Wilson, Mike „Single Player Game 'A Quiet Place: The Road Ahead' Heads to PC & Consoles [Trailer“]. Bloody Disgusting (2024-yil 17-iyun). 2024-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-iyun.
  19. Spry, Jeff „New 'A Quiet Place: The Road Ahead' story trailer will leave you speechless (video)“. Space.com (2024-yil 9-iyul). 2024-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-iyul.
  20. „A Quiet Place: The Road Ahead reviews“. Metacritic. Qaraldi: 2024-yil 16-noyabr.