Aardonyx
Aardonyx (talaffuzi: Ardoniks) — Sauropodomorph turiga mansub oʻtxoʻr dinozavrlar turkumi, hozirgi Janubiy Afrika hududida (taxminan 195 million yil oldin) yura davrida yashagan. Aardonyx celestae nomli yagona tur bilan ifodalanadi[1].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aardonyx celestae turi 2009-yilda Janubiy Afrikada ilk yura davriga tegishli qoldiqlardan (Sinemurian — Pliensbachian) topilgan. Qazishmalar Elliot geologik tuzilmasida Mark karyeri (inglizcha: Marc's Quarry) deb nomlanuvchi joyda olib borilgan. Paleontologlar bir qancha suyaklar va ularning boʻlaklarini topishga muvaffaq boʻlishgan. Qazilmalar ikki xil turga tegishli ekanligi taxmin qilinadi. Tur nomi afrikaans tilidan „aard“ — yer va yunoncha „onyx“ — tirnoq degan maʼnoni anglatadi. Muayyan nom ushbu turni kashf etgan va birinchi fotoalbomlarini tayyorlagan Celeste Yates sharafiga qoʻyilgan[2].
Dinozavr qoldiqlari orqali olimlar uning uzunligi hayotligida taxminan 7 metr boʻlganligini aniqlagan. Uning uzun boʻyni va kichik boshi, sauropodlar — ulkan toʻrt oyoqli dinozavrlarning boshini eslatardi. U prozauropodlar va sauropodlarnikiga oʻxhshash old oyoqlariga ega. Jagʻlarning tahlili ushbu dinozavr oʻtxoʻr ekanligini aniqlagan.
Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, yangi tur bizga to‘rt oyoqli dinozavrlar evolyutsiyasini oydinlashtirish imkonini beradi[3].
Tasniflash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yeats va uning hamkasblari tadqiqotiga koʻra, Aadronyxning sauropodomorphlar orasidagi oʻrnini koʻrsatadigan kladogramma:
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Aardonyx tetrapod bazal sauropodomorphlar va sauropodlar oʻrtasidagi oʻtish davri tufayli sauropodomorphlarning qardosh guruhiga kiradi (Melanorosaurus + sauropodlar). Yates tasnifiga koʻra (2009), aardonyx Anchisauria guruhiga tegishli[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Yates, A. M.; Bonnan, M. F.; Neveling, J.; Chinsamy, A.; Blackbeard, M. G. (2010). „A new transitional sauropodomorph dinosaur from the Early Jurassic of South Africa and the evolution of sauropod feeding and quadrupedalism“. Proceedings of the Royal Society B 277 (1682): 787—794
- ↑ Yates, A. M.; Bonnan, M. F.; Neveling, J.; Chinsamy, A.; Blackbeard, M. G. (2010). „A new transitional sauropodomorph dinosaur from the Early Jurassic of South Africa and the evolution of sauropod feeding and quadrupedalism“. Proceedings of the Royal Society B 277 (1682): 787—794
- ↑ Naydeno perexodnoe zveno ot dvunogix k chetiryoxnogim dinozavram — Lenta.ru, 11.11.2009
- ↑ Yates, A. M.; Bonnan, M. F.; Neveling, J.; Chinsamy, A.; Blackbeard, M. G. (2010). „A new transitional sauropodomorph dinosaur from the Early Jurassic of South Africa and the evolution of sauropod feeding and quadrupedalism“. Proceedings of the Royal Society B 277 (1682): 787—794