Aaron Frenkel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aaron G. Frenkel (1957-yil 9-sentyabrda Isroilda tugʻilgan) – xalqaro tadbirkor, investor va xayriyachi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Frenkel 1980-yillardan beri investitsiyalar, mol-mulk va koʻchmas mulk bilan shugʻullanadigan Loyd’s Group kompaniyasining egasi[1][2]. U Loyd guruhini Markaziy va Sharqiy Evropada The Boeing kompaniyasi, Airbus SE, Gulfstream Aerospace, Agusta, Embraer va boshqalar kabi asosiy tijorat fuqaro aviatsiyasi sanoatining ishlab chiqaruvchi (OEM) vakili sifatida tashkil etgan[3] . Kompaniya soʻnggi 25 yil davomida 35 milliard dollardan ortiq sarmoya va bitimlarda ishtirok etgani taxmin qilinmoqda[4]. Frankel 2020-yilda Isroil koʻchmas mulk sektoridagi eng yirik va eng qadimgi kompaniyalardan biri boʻlgan Gav-Yam koʻchmas mulk kompaniyasida boshqaruvni qoʻlga kiritadi. 2021-yilning dekabr oyida esa Gav-Yamdagi mulkini Property & Building Korporatsiyasiga sotgan[5].

U Abu Dabidagi Mubadala Investment kompaniyasi bilan birga Oʻrta yer dengizidagi Tamar gaz konining 22% ulushini sotib olgan[6][7]. Keyin bank sektoriga sarmoya kiritib, 2022-yilning iyun oyida Bank Leumining eng yirik xususiy aktsiyadoriga aylanadi (2,1%)[8]. Aoran Frenkel Yevro-Osiyo yahudiylari kongressi (EAJC) raisi, Butunjahon yahudiylar kongressi (WJC) vitse-prezidenti va Limmud FSU prezidenti hisoblanadi[9][10].

Xayriyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

U sogʻliqni saqlash, farovonlik, toza atrof-muhit va taʼlim sohalarida xayriyachi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Frenkelning turmush oʻrtogʻi Maja Rut Frenkel boʻlib, ularning 5 ta farzandi bor.

Mukofot va eʼtiroflari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Nikola Sarkozi tomonidan Fransiyaning Legion d’honneur mukofoti berilgan[11].
  • Shimon Peres Isroil Davlati Prezidenti lavozimida ishlagan davrida Isroil prezidentlik konferentsiyasining raisi[12].
  • Monako shahzodasi Albert II tomonidan Chevalier de L’ordre de Grimaldi faxriy medali taqdim etilgan.
  • Butunjahon yahudiylar kongressi vitse-prezidenti[13] .
  • Yevro-Osiyo yahudiy kongressi boshqaruvi raisi[14].
  • Xorvatiya Respublikasining Quddusdagi faxriy konsuli[15].
  • Tel-Aviv sanʼat muzeyi aʼzosi[16][17].
  • Tel-Aviv universiteti boshqaruv kengashi aʼzosi[18].
  • Yakir Keren Hayesod mukofoti laureati[19].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Dubrovnik's Delayed Villas Highlight Obstacles for Barclays – Bloomberg Business“. Bloomberg L.P.. Qaraldi: 2016-yil 7-yanvar.
  2. Cohen, Omri. „Aaron Frenkel eyes Bayside takeover“ (en). Globes (2020-yil 11-fevral). Qaraldi: 2021-yil 28-fevral.
  3. Linde, Steve „Aviation High Flyer“. The Jerusalem Post (2016-yil 1-fevral). Qaraldi: 2022-yil 26-avgust.
  4. „The aircraft manufacturers' agent of choice“. intelligenceonline.
  5. Cohen, Omri „Aaron Frenkel sells Bayside stake to Property & Building“. Globes (2021-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 26-dekabr.
  6. Cohen, Omri „Energy Ministry approves sale of Tamar stake to Mubadala“. Globes (2021-yil 25-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 25-noyabr.
  7. Cohen, Omri „Mubadala gives Aaron Frenkel option on 11% of Tamar rights“. Globes (2021-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 22-noyabr.
  8. Weinberger, Roi „Aaron Frenkel buys Leumi shares for NIS 930m“. Globes (2021-yil 23-iyun). Qaraldi: 2022-yil 23-iyun.
  9. Aaron Frenkel WJC Vice-President (EAJC)
  10. „Aaron Frenkel“. Limmud FSU Canada. 2018-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-oktyabr.
  11. „AARON FRANKEL – KNOWN PHILANTHROPIST AND BUSINESSMAN“. dyhanie.
  12. „Aaron Frenkel, Monaco“. 2013-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-yanvar.
  13. [1]
  14. „arxiv nusxasi“. 2023-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
  15. „Mr. Aaron Frenkel, Monaco“. presidentconf. 2013-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-yanvar.
  16. „Tel Aviv Museum of Art, International Board of Governors“.
  17. „Tel Aviv Museum of Art – Monaco, August 3rd 2010“. 2019-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-yanvar.
  18. „Tel Aviv University Governors Roll“ (en-US). Tel Aviv University (2012-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 11-iyun.
  19. „Yad Sarah's Longtime Supporter and Friend, Mr. Aaron G. Frenkel, Receives the Yakir Keren Hayesod Award - Yad Sarah News“. www.yadsarahnewsenglish.022.co.il. Qaraldi: 2021-yil 23-mart.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]