Abadan Turdimuratova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abadan Turdimuratova — 1980 yil Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanining Qazaqdaryo ovulida tugʻilgan. Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti, soʻngra Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti „Oliy adabiyot kursi“ magistraturasida tahsil olgan. Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari gʻolibi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Sheʼrlari „Yoshlar ovozi“ almanaxi, „Sharq yulduzi“, „Yoshlik“ jurnallari, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasida oʻzbek tiliga tarjima qilinib, eʼlon qilingan. „Kuzgi yaproqlar“ (2003), „Sen, men va sheʼrlar“ (2017), „Muhabbat sohili“ (2020) nomli sheʼriy toʻplamlari va bolalarga atalgan 7 ta tarjima kitobi nashr etilgan. "Shuhrat"(2015) medali bilan taqdirlangan[1].Hozirda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili va adabiyoti, folklor institutining tayanch doktoranturasida ilmiy tadqiqot bilan shugʻullanmoqda

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]