Abakan (daryo)
Qiyofa
Abakan | |
---|---|
xakas: Ағбан | |
Tavsif | |
Uzunligi | 514 |
Havzasi | Shimoliy Muz okeanidagi Kar dengizi |
Daryolar havzasi | Yenisey |
Suv sarfi | 400 m³/s |
Suv oqimi | |
Boshlanishi | Gʻarbiy Sayan (Korbu tizmasi) va Oltoy togʻlari shimoliy yonbagʻirlari |
· Boshlanish joyi | Katta Abakan va Kichik Abakan daryolarining qoʻshilishi |
· Balandligi | ~800 m |
Quyilishi | [[Yenisey (Krasnoyar suv ombori)]] |
· Quyilish joyi | Abakan sh. |
Joylashuvi | |
Yenisey basseyni | |
Davlat | Rossiya |
Mintaqa | Xakasiya |
Abakan (daryo) |
Abakan (xakas: Ағбан) — daryo, Yeniseyning chap irmogʻi, RF Krasnoyarsk oʻlkasida. Gʻarbiy Sayan va Oltoy togʻlarining shimoliy yon bagʻridan boshlanadigan Katta Abakan va Kichik Abakan soylarining qoʻshilishidan hosil boʻlib, Krasnoyarsk suv omboriga quyiladi. Uzunligi – 514 km. Havzasi – 32000 km2. Oʻrtacha suv sarfi – 381 m3/sek. Togʻlardan chiqqach, keng vodiyda koʻp tarmoqlarga boʻlinib oqadi. Asosan, qor va yomgʻirdan suv oladi. Noyabrning yarmida muzlab, aprel oxirida muzdan boʻshaydi. Quyi qismida sekta 400 m3 suv oqadi. Yogʻoch oqiziladi. Minusinsk soyligi ekinzorlarini sugʻoradi. Abakan boʻyida Abakan shahri bor.
Manbalar va adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil