Abakan tizmasi
Qiyofa
Abakan tizmasi — Gʻarbiy Sibir tekisligining janubi-sharqidagi togʻ tizmasi. Tom daryosi boshlaridan janubiy gʻarbga tomon Telets koʻligacha davom etadi. Uzunligi — 300 km. Oʻrtacha balandligi — 1400-1700 m, eng baland nuqtasi — 1984 m. Asosan metamorfik jinslardan tuzilgan: ularni granit, gabbro, diorit jinslari intruziyalari yorib chiqqan. Yon bagʻri 1700 m gacha igna bargli oʻrmonlar, undan yuqorisi togʻ tundrasi bilan qoplangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |