Abashiri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abashiri

網走市
Shahar
Skyline of Abashiri
Abashiri
Bayroq
Mamlakat Yaponiya
Viloyat Hokkaido
Prefektura Hokkaido
Hukumat
 • Mayor Yōichi Mizutani
Maydon 470.94 km2 (181.83 mi²)
Aholisi
 (February, 2020)
34,919
Zichligi 85.6 kishi/km2

Abashiri (yaponcha: 網走市 Abashiri-shi?) – Yaponiyaning Hokkaido mintaqasida joylashgan shahardir.

Abashiri Abashiri qamoqxonasi bilan tanilgan. Meiji davridagi siyosiy mahbuslarni qamoqqa olish uchun foydalanilgan muassasa. Eski qamoqxona muzeyga aylantirilgan, biroq shahardagi yangi qattiq tartibli qamoqxonada hamon foydalanishadi.

2008-yil holatiga koʻra, shaharning taxminiy aholisi 40,333 kishini tashkil qilgan.

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Abashiri" nomining kelib chiqishi haqida turli xil nazariyalar mavjud va shuning uchun kelib chiqishi nomaʼlum. Bu nazariyalarning barchasi Ainu tilining Kanji talqiniga asoslangan[1].

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abashiri Okhotsk prefekturasining sharqiy qismida, Kitamidan 50 km sharqda joylashgan. Baland togʻlar yoʻq, lekin tepaliklar koʻp. Shahar boʻylab Abashiri daryosi oqib oʻtadi va shaharda uchta koʻl (Abashiri koʻli, Notoro koʻli va Tofutsu koʻli) mavjud.

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqlimi issiq yoz bilan nam kontinental (Köppen: Dfb)[2].

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

130 kunlik vegetatsiya davri qisqa boʻlgani uchun mintaqadagi suli, kartoshka va loviya kabi ekinlar chidamli boʻlishi kerak. Pichan mahalliy sigirlar, otlar va qoʻylar uchun yetishtiriladi[3]. Dengiz jamiyatning, shuningdek, iqtisodiyotning muhim qismidir, chunki baliq ovlash va dengiz oʻtlari yashashning muhim vositasidir[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „市名の由来と紋章|網走市の紹介|網走市“. www.city.abashiri.hokkaido.jp. Qaraldi: 2022-yil 5-dekabr.
  2. „Abashiri Climate Abashiri Temperatures Abashiri Weather Averages“. www.abashiri.climatemps.com. Qaraldi: 2018-yil 19-dekabr.
  3. 3,0 3,1 Kojima, Reikichi (1997). "Abashiri". in Johnston, Bernard. Collier's Encyclopedia. I A to Ameland (First nashri). New York, NY: P.F. Collier. 7 b.