Abat Aliyev
Qiyofa
Abat Aliyev (1930-yil 25-oktabr, Chimboy tumani) — Qoraqalpogʻiston xalq shoiri (1992). Nukus pedagogika institutini tamomlagan (1951). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim (1974-76), „Yerkin Qaraqalpaqstan“ gazetada boʻlim mudiri (1976-81), Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasining mas’ul kotibi (1991-92). Aliyev „Yoshlik kuchi“ (1956), „Bizning ovul yigiti“ (1961), „Haqiqat shajarasi“ (1973), „Mening Guljamolim“ (1974), „Umr tashvishlari“ (1987), „Koʻrmaganimiz koʻp ekan“ (1991), „Hayotning qizigʻi“ (1993) kabi hikoya, povest va romanlar muallifi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |