Kontent qismiga oʻtish

Abdimurod Bozorov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdimurod Bozorov
Tavalludi 6-may 1946-yil (1946-05-06) (78 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent xalq xoʻjaligi instituti
Kasbi Fermer
Dini Islom
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni Oʻzbekiston qahramoni

Abdimurod Bozorov (1953-yil, 2-avgust; Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani) — Oʻzbekiston qahramoni[1], „El-yurt hurmati“ ordeni sohibi.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdimurod Bozorov 1953-yilning 2-avgust kuni Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tugʻilgan. Qamashi tumanidagi „Abdi Bozor oʻgʻli“ fermer xoʻjaligining rahbari hisoblanadi. Mazkur fermer xoʻjaligi 2014-yilda tashkil etilgan[2].

Xashamatli imorat qurganim, dabdabali toʻy qilganim yoʻq, oʻgʻillarimga yengil mashina olganim rost. Tagʻin mahallada savdo doʻkoni qurdim. Har yili qishloqdagi maktabga va kamxarj oilalarga qoʻlimdan kelganicha yordam beraman. Kayfiyatim chogʻ boʻlganda ham, ruxan toliqqanimda ham dalani aylanaman, dala bilan tillashaman, sirlashaman. Gʻallazor va paxta paykallarini oralab quvvat olaman, gʻayratimga-gʻayrat qoʻshiladi. Yana bir gapni aytmasam bulmas. Qanday yutuqqa erishgan boʻlsam, barchasi yangangiz Roxilaoyning hissasi bilan boʻlmoqda. Roʻzgʻor muammolari, sakkiz nafar farzandlarning tashvishi, 30 nafar nabiralarning xarxashasini ayolim bartaraf qiladi. Bolalarimdan toʻrt nafari oliy ma’lumotli boʻlishdi.

— Abdimurod Bozorov, [3]

Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor va boshqalar. Oʻzbekiston qahramonlari. Toshkent: Adabiyot, 2021 — 216-bet. Qaraldi: 11-avgust 2023-yil.