Abdugʻani Abduqayumov
Qiyofa
Abdugʻani Abdumalikovich Abduqayumov (27-iyul 1928, Toshkent) – dirijyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1974), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1981). Toshkent konservatoriyasining simfoniya-dirijyorlik boʻlimini tugatib (1955), Navoiy nomli teatrda dirijyor. 1960-yildan Toshkent konservatoriyasining opera sanʼati kafedrasida oʻqituvchi, 1985-yildan professor, 1986-yildan kafedra mudiri. Repertuaridan chet el, rus, qardosh xalqlar kompozitorlari va, asosan, Oʻzbekiston kompozi-torlarining operalari oʻrin olgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |