Kontent qismiga oʻtish

Abduhamid Pardayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulhamid Pardayev
Tavalludi 17-yanvar 1958-yil (1958-01-17) (66 yosh)
Taxallusi Abduhamid Parda
Fuqaroligi O‘zbekiston SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Shoh asari „Oltin belanchak“
„Tahammul“
„Munojot“
„Amir Temur“
„Alisher Navoiy“
„Do‘stnoma“

Abdulhamid Pardayev (1958-yil 17-yanvar; Boʻka tumani, Oʻzbekiston SSR) — jurnalist, shoir, adabiyotshunos va tarjimon[1]. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Bir necha sheʼriy to‘plamlar, jumladan, „Amir Temur“, „Alisher Navoiy“, „Do‘stnoma“ dostonlari muallifi. Sakkiz jildlik Tanlangan asarlari nashr qilingan. Yusuf Xos Hojibning „Qutadg‘u bilig“ dostoni, Alisher Navoiyning barcha dostonlarini zamonaviy o‘zbek tiliga tabdil etgan[2]. F. Nitshening „Zardusht nidosi“ asarini o‘zbek tiliga sheʼriy o‘girgan[3]. R.Tagor, J.Bayron, J. Kits, A.Blok, I.Brodskiy kabi o‘nlab mashhur shoirlarning sheʼriy turkumlarini, shuningdek, bir qator jahon adiblarining romanlari va qissalarini, taniqli faylasuflarning risolalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan[4][5][6]. Sheʼrlari rus, turk, qirg‘iz, qozoq, nemis, ozarbayjon tillariga tarjima qilingan[7].

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1975-yil sentyabrdan 1975-yil oktyabrga qadar qisqa muddat Bo‘ka tumanidagi bosmaxonada hisobchi sifatida faoliyat olib borgan.
1975-yil oktyabrdan 1976-yil iyulga qadar Bo‘ka tumani „Paxtakorlar ovozi“ gazetasi — musahhih-muxbir.
1976-yil noyabrdan 1978-yil dekabriga qadar — Harbiy xizmatni oʻtagan.
1979-yil yanvardan 1985-yil apreliga qadar — „O‘zbekselmash“ zavodida ekspeditor va master.
1985-yil apreldan 1991-yil yanvarigacha — „O‘zteleradiokompaniya“ muxbir, tarjimon, katta muharrir
1991-yil may oyidan 1991-yil noyabrigacha — „O‘zbekistonmatbuoti“ jurnali bo‘lim muharriri.
1991-yil noyabrdan 1996-yil apreliga qadar — „O‘zteleradiokompaniya“ muxbir, sharhlovchi.
1996-yil iyunidan 1997-yil noyabriga qadar — „Ishonch“ gazetasida muxbir, masʼul kotib.
1997-yil noyabridan 2001-yil iyuniga qadar — „Jahon adabiyoti“ jurnalida bo‘lim muharriri, masʼul kotib.
2004-yil iyunidan 2005-yil iyuniga qadar — Respublika „Maʼnaviyat va maʼrifat“ markazi bosh mutaxassis.
2005-yil avgustdan 2014-yil yanvarigacha — „SUVMASH“ OAJ maʼnaviyat-maʼrifat ishlari bo‘yicha masʼul-kutubxonachi.
2014-yil yanvaridan hozirga qadar Erkin ijodkor sifatida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Nashr qilingan kitoblari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • „Oltin belanchak“. Sheʼriy bayoz. „Yosh gvardiya“ nashriyoti, T., 1988-yil.
  • „Tahammul“. Sheʼrlar to‘plami. „Bosqon“ nashriyoti, T., 1997-yil.
  • „Munojot“. Sheʼrlar to‘plami. T., 2000-yil.
  • „Sohil ohanglari“. Sheʼriy bayoz. „Navro‘z“ nashriyoti, T., 2004-yil.
  • „Do‘stnoma“. Birinchi kitob. Doston. „Sanʼat jurnali nashr.“, T., 2008-yil.
  • „Chorlov“. Sheʼrlar to‘plami. „Sharq“ NMAK, T., 2008-yil.
  • „Ichso‘z ifshosi“. To‘rtliklar, tuyuqlar, fardlar. Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti", T., 2008-yil.
  • „Sevgi sanʼati“. Falsafiy risolalar. „O‘zbekiston“ NMIU., T., 2011-yil.
  • „Do‘stnoma“. Doston. „Adabiyot uchqunlari“ nashriyoti. T., 2016-yil.
  • „Zardusht nidosi“, O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyo ti, T.2017-yil. 500 nusxa.
  • „Ummondan injular“, to‘rtliklar. „Kamalak“ nashriyoti, T. 2017-yil.
  • „Nomalar“ sheʼriy maktublar. „Faylasuflar“ nashriyoti, T., 2018-yil. 264-bet.
  • Yusuf Xos Hojib. „Qutadg‘u bilig“ dostonining tarjimasi, G‘afur G‘ulom nashriyotida, * „Maktab adabiyoti xrestomatiyasi“ turkumida ikki marta nashr qilingan (2015, 2018-yillarda).
  • Alisher Navoiy. „Lison ut tayr“ — sheʼriy tabdil. „Yangi asr avlodi“ nashriyotida 2019-yilda nashr qilingan.
  • Yusuf Xos Hojib. „Qutadg‘u bilig“ dostonining to‘liq sheʼriy tarjimasi, „Yangi asr avlodi“ nashriyotida 2019-yil.
  • Fyodor Razzakov. „Sharof Rashidov. Hayot va mamot“. Abduhamid Pardayev tarjimasi. „O‘zbekiston“ nashriyoti, 2020-yil[8].
  • Abduhamid PARDA, Tanlangan asarlar, yetti jildlik. O‘zbekiston Faylasuflari milliy nashriyoti, „Oydin“ nashriyoti. T., 2021-yil.
  • Navoiy. Xamsa. Sheʼriy tabdil. „Akademnashr“ nashriyoti, 2022-yil.
  • Marax Rusli. Indoneziya yozuvchisi. „Sitti Nurbaya“. Roman. „Jahon adabiyoti“ jurnali, 1999-yil. (Nashrga tayyorlab qo‘yilgan nusxasi bor).
  • Vladimir Kunin. Rossiya. „Baloyi nafs“. Qissa. „Jahon adabiyoti“ jurnali, 2000-yil.
  • Sol Bellou. AQSH. Nobel mukofoti sohibi. „Fursat g‘animat“. Qissa. „Jahon adabiyoti“ jurnali, 2001-yil.
  • Jubron Xalil Jubron. Livan yozuvchisi. „Qo‘shiqlar“. Nasriy sheʼrlar. „Jahon adabiyoti“ jurnali.
  • Yusuf Xos Hojib. „Qutadg‘u bilig“ (parcha). „Jahon adabiyoti“ jurnali, 2011-yil. Bu qadimiy dostonni to‘la sheʼriy tabdil qilgan.
  • „Sevgi sanʼati“. Mashhur faylasuflar muhabbat haqida, (rus tilidan tarjimalar) „O‘zbekiston“ nashriyoti, T., 2011-yil.
  • Alisher Navoiy. „Xamsa“ dostonlari, „Lison ut tayr“ning sheʼriy tabdili.
  • Djon Donn, J.Bayron, Shelli, Jon Kits, R.Tagor, A.Pushkin, A. Blok kabi mashhur jahon shoirlarining turkum sheʼrlari.
  • F. Nitshening „Zardusht tavallosi“ asarini sheʼriy tarjimasi. Professor Akmal Saidov so‘zboshisi bilan „O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti“ tomonidan 500 nusxa.
  • Svetlana Aleksiyevich. „Urush ayollar ishi emas“. Mirpo‘lat Mirzo bilan hamkorlikda. „Jahon adabiyoti“, 1016-yil 1,2-sonlar.
  • Brodskiy bilan suhbatlar (taxminan 20 bet)
  • Bleyk haqida esse (ruschadan tarjima).
  • Stefan Sveyg. Krestina. Roman. „Jahon adabiyoti“ jurnalida 2019-yilda nashr qilingan.
  • Stefan Sveyg. Qalb besabrligi. Roman. „Yangi asr avlodi“ nashriyotida 2019-yilda nashr qilinadi.
  • Rafiq Nishonov. Daraxtlar bo‘rongacha yashnaydi. Rus tilidan tarjima. „Akademnashr“, T., 2021.
  • Ismat Ko‘chiyev. G‘olib. Sharof Rashidov to‘g‘risida kitob.
  • Ismat Ko‘chiyev. Bunyodkor. Sharof Rashidovning ijodiy faoliyati to‘g‘risidagi kitob.
  • Eduard Rtveladze. Buyuk ipak yo‘li. 2022-yilda nashr qilingan.
  • Eduard Rtveladze. Buyuk hind yo‘li. 2022-yilda nashr qilingan.
  • Nuriddin Muhiddinov. Vaqt daryosi. Xotiralar kitobi. Rus tilidan tarjima.
  • Blez Paskal. „Muhabbatga oid mulohazalar“.
  • Xose Ortega de Gasset. „Sevgi sehri“.
  • Erix Fromm. „Sevgi sanʼati“.
  • Nikolay Berdyayev. „Muhabbat va eros“.
  • F. Dostoyevskiy. Maktublar[9].
  • F. Nitshe. Maktublar.