Abdul Husayn Dastg‘ayb
Abdul Husayn Dastgʻayb | |
---|---|
Unvoni | Katta Oyatulloh |
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 8-dekabr 1913-yil |
Vafoti |
11-dekabr 1981-yil (68 yoshda) Sheroz, Eron |
Oʻlim sababi | Portlash |
Imam Ali masjidi | |
Dini | Usuli Oʻn ikkilik Shia Islom |
Ota-onasi |
|
Abdul Husayn Dastgʻayb (forscha: عبدالحسین دستغیب — Abdul Hussayn Dastgʻayb 1913-yil 8-dekabr — 1981-yil 11-dekabr) — eronlik siyosiy faol, diniy olim, tasavvufshunos. U juma namoziga imom etib tayinlangan va oliy rahnamoning Sherozdagi vakillaridan biri. U mujtahid (diniy-siyosiy faol), arab tili, ilohiyot, nozil matnlar va fiqh asoslari (Usul al-fiqh) boʻyicha mutaxassis edi. 1981-yilda Eron xalq mujohidi tomonidan oʻldirilgan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dastgʻaybning otasi, boshlangʻich taʼlim muallimi Seyid Muhammad Toqiy 11-12 yoshlarida vafot etgan. Dastlabki taʼlimni otasidan olgan Abdul Husayn, uning oʻlimidan keyin tahsilini Sherozda, soʻngra Najafda davom ettirdi. Eronga qaytgach, u jiddiy siyosiy faoliyatga kirishdi[1].
Siyosiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eron inqilobidan oldin
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pahlaviylar sulolasi davrida siyosiy muxolif boʻlgan. U hukumat siyosatini tanqid qilgani uchun qamoqqa tashlangan hamda hukmron rejim tomonidan Eronni tark etishga majbur qilingan, [2] 1962 yilda (inqilobdan uch yil oʻtib) yana qaytib keldi [3] U Ruhulloh Humayniyni qoʻllab-quvvatladi va rejimga qarshi siyosiy faoliyatni davom ettirdi[4]. 1963-yil 5-iyunda hibs qilinib, Tehronga surgun qilindi, 1964-yilda esa yana qoʻlga olinib, uchinchi marta surgunga yuborildi. U Sheroz aholisining pahlaviylarga qarshi kurashda yetakchisi edi. 1977-yilda rejim uni uy qamogʻiga oldi, ammo odamlarning munosabati tufayli qoʻyib yuborishga majbur boʻldi[5][6]. Sherozda shoh rejimiga qarshi ommaviy namoyishlar paytida odamlar qirgʻin qilinganidan keyin u takror hibsga olindi[7].
Eron inqilobidan keyin
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dastgʻayb juma namozining imom-xatibi va Sherozdagi oliy rahnamoning vakili [8] etib tayinlangan, arab tili, ilohiyot, nozil matnlar va fiqh (usul al-fiqh) asoslari boʻyicha mutaxassis boʻlgan mujtahid edi. [1] Mutaxassislar majlisida Fors xalqining vakili edi. [9]
Ustozlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Abu-l-Hasan al-Isfahoniy
- Ogʻa Ziyo Addin Arogʻiy
- Ali Tabatabaiy
- Muhammad Kozim Sheroziy (axloq va tasavvufdan ustozi)
- Muhammad Javod Ansoriy Hamadoniy
- Seyid Mirzo Estahbahonatiy
Kitoblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]U quyidagi kitoblarni yozgan[9].
- Everlasting heaven
- Certain role
- Faith
- Resurrection
- Sermon of shabarieh
- Hosseini uprising
- Great sins
- Humble prayers
- Great Fatemeh Zahra and Zeinab
- Ascension to heaven
- Prophecy
- Heart of Quran
- Introduction from the Quran
- Another world
- Islamic behavior
- questions
- Secrecy of the Quran
- Office of Imam (Imamate)
- Truth from Quran
- Eternity
- Friday sermons
- Pure heart
- Manners from the Quran
- Unitarianism
- Fantastic stories
- Sayed-Ol-Shohada
Oʻlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]1981-yil 11-dekabrda Dastgʻayb va yetti nafar hamrohi juma namozini oʻqish uchun masjidga ketayotganlarida portlash oqibatida halok boʻldilar[8][10]. Bu harakat uchun javobgarlikni Eron xalq mujohidlari oʻz zimmasiga oldi[8][11].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Abdul Husayn Dastgʻayb (chapda) va Prezident Ali Xomanaiy (oʻngda)
-
1979-yilgi Konstitutsiya uchun Ekspertlar Assambleyasi a'zosi
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Seyed Abdol-Hossain Dastgheib“. Tebyan (2004-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 27-dekabr.
- ↑ „A description of the life of Ayatollah Dashegib“. tasnim.
- ↑ „martyrdom of Ayatullah Dashegib“.
- ↑ „Ayatollah Dasheghib was martyred“. 2017-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-oktyabr.
- ↑ „Strange sleep of Ayatollah Dashegib before the martyrdom“. farsnews. 2019-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-oktyabr.
- ↑ Fischer, Michael M. J.. Iran: From Religious Dispute to Revolution, 2nd, With a new introduction, University of Wisconsin Press, June 1, 2003 — 195-197-bet. ISBN 978-0299184742.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 „Aide to Khomeini Killed by a Bomb“. New York Times (1981-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 27-dekabr.
- ↑ Nash, Jay Robert. Terrorism in the 20th Century: A Narrative Encyclopedia from the Anarchists, Through the Weathermen, to the Unabomber. M. Evans and Company, 1998, 1998 — 370-bet. ISBN 9780871318558.
- ↑ „Suicide terror of People's Mujahedin of Iran“. farsnews.[sayt ishlamaydi]