Abdul Samad Rabiu
Abdul Samad Rabiu | |
---|---|
Tavalludi |
4-avgust 1960-yil Kano, Nigeriya |
Fuqaroligi | Nigeriya |
Kasbi | biznesmen |
Abdul Samad Isyaku Rabiu (1960-yil 4-avgustda tugʻilgan) – nigeriyalik tadbirkor va xayriyachi. 2024-yil holatiga koʻra, u Nigeriyaning ikkinchi eng boy kishisi[1][2]. Uning marhum otasi Xalifa Isyaku Rabiu 1970-1980-yillarda Nigeriyaning eng yirik sanoatchilaridan biri boʻlgan. Abdul Samad – ishlab chiqarish, infratuzilma va qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan va 2,5 milliard dollardan ortiq daromad keltiradigan Nigeriya konglomerati BUA Group asoschisi va raisi. U, shuningdek, Nigeriya sanoat banki raisi hisoblanadi[3][4][5].
2020-yil 7-iyulda Forbes Rabiuning boyligini 3,2 milliardni dollarga baholadi va dunyoning eng badavlat kishilari roʻyxatida 716-oʻrinni egalladi[6][7]. 2022-yil yanvar oyi holartiga koʻra u Nigeriyadagi ikkinchi eng badavlat odam boʻlgani xabar qilingan[8]. 2022-yil aprel oyida u 6,7 milliard dollar boyligi bilan Afrikaning beshinchi eng boy odami boʻlgan[9]. 2023-yil yanvar oyida Rabiu Afrikaning eng boy odamlari roʻyxatida 4-oʻrinni egallagani xabar qilingan[10].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdul Samad Rabiu Nigeriyaning shimoli-gʻarbiy qismidagi Kano shahrida tugʻilib oʻsgan. U Ogayo shtati Kolumbus shahridagi Capital universitetida oʻqigan va 24 yoshida oilaviy biznesni boshqarish uchun Nigeriyaga qaytib kelgan. Nigeriyaga qaytib kelganida uning otasi Isyaku Rabiu general Muhammadu Buxoriy maʼmuriyati tomonidan guruch import bojlarini toʻlamaganlikda ayblanib hibsga olingan edi[11].
Biznes
[tahrir | manbasini tahrirlash]1988-yilda BUA International Limited kompaniyasi Abdul Samad Rabiu tomonidan tovar savdosi maqsadida tashkil qilingan. Korxona xorijdan guruch, yogʻ-moy, un, temir-poʻlat import qilgan.
1990-yilda Delta Steel kompaniyasi BUA bilan shartnoma tuzib, tayyor mahsulot evaziga uning xom ashyosini yetkazib bergan. BUA yanada kengayib, poʻlat ishlab chiqarish, ignabargli materiallar ishlab chiqarish, temir rudasini import qilish va Nigeriyada bir nechta prokat stanlarini qurish bilan shugʻullangan.
1992-yilda BUA Nigeriyadagi eng yirik yogʻni qayta ishlash kompaniyasi boʻlgan Nigerian Oil Mills Limitedni sotib olgan. 2005-yilda BUA Lagos va Kanoda ikkita un tegirmon zavodini ishga tushirgan. 2008-yilga kelib, BUA Afrikaning Sahroi Kabiridagi ikkinchi yirik shakarni qayta ishlash zavodini ishga tushirish orqali Nigeriya shakar sanoatida sakkiz yillik monopoliyani buzgan. 2009-yilda kompaniya Shimoliy Nigeriyadagi ochiq roʻyxatga olingan Sement kompaniyasining nazorat paketini sotib olgan va Edo shahrida 900 million dollarlik sement zavodini qurishni boshlagan. Qurilish ishlari 2015-yil boshida tugallangan.
Xayriya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdul Samad Rabiu xayriya faoliyati uchun BUA fondidan foydalanadi. Jumladan, Aminu Kano kasalxonasida 7000 kvadrat metrlik bolalar boʻlimi qurilishi va Kanodagi Bayero universitetida Islom tadqiqotlari markazi uning xayriyasi evaziga qurilgan[12].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Africa's Billionaires“ (en). Forbes. Qaraldi: 2024-yil 4-aprel.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „FULL LIST: Okonjo-Iweala, Abba Kyari... FG nominates 437 persons for national honours“ (en-US). TheCable (2022-yil 2-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 13-oktyabr.
- ↑ „Rabiu, Alakija, others in Forbes 'Black Billionaires' list“ (en-GB). Premium Times Nigeria (2019-yil 6-mart). Qaraldi: 2019-yil 19-mart.
- ↑ „Dangote, Adenuga, Alakija rank among richest Blacks“ (en-US). Punch Newspapers (2019-yil 7-mart). Qaraldi: 2019-yil 19-mart.
- ↑ „Vp Osinbajo's Unquenchable Love For Bua Boss, Abdulsamad Rabiu“ (en-US). THISDAYLIVE (2018-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 19-mart.
- ↑ „Abdulsamad Rabiu“. Forbes Africa's 50 Richest. Qaraldi: 2016-yil 12-fevral.
- ↑ Nsehe. „The Black Billionaires 2019“ (en). Forbes. Qaraldi: 2019-yil 19-mart.
- ↑ Oluwole. „Abdul Samad Rabiu is now the second-richest man in Nigeria“ (en). Business Insider Africa (2022-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 11-yanvar.
- ↑ Nworah. „Nigerian Billionaire, Abdul Samad Rabiu is now the 5th Richest African“. Tickernewsng.com (2022-yil 27-aprel). Qaraldi: 2022-yil 28-aprel.
- ↑ „Le Nigérian Abdul Samad Rabiu détrône l'Egyptien Nassef Sawiris et devient le 4e homme le plus riche d'Afrique“.
- ↑ „Everyday Heroes: AbdulSamad Rabiu“ (en-GB). Connect Nigeria (2020-yil 8-aprel). 2020-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-may.
- ↑ Agboola. „Top 3 Achievements of Abdul-Samad Rabiu- Chairman of Nigerian Conglomerate BUA Group“ (en-US). Olatorera Consultancy Limited (2018-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 19-mart.