Abdulaxad Abdurashidov
Abdulaxad Abdurashidov | |
---|---|
Tavalludi |
11-iyun 1956-yil |
Fuqaroligi | OʻzSSR→ Oʻzbekiston |
Taʼlimi | 1976–1981-yillar Oʻzbekiston konservatoriyasi |
Kasbi | Naychi sozanda |
Mukofotlari |
Abdulaxad Abdulhamidovich Abdurashidov (11-iyun 1956-yil, Margʻilon) – sozanda (naychi). Oʻzbekiston xalq artisti (2000). Fargʻona davlat musiqa bilim yurti (1975) va Toshkent davlat konservatoriyasini 1981-yil tugatgan. Margʻilondagi „Doʻstlik“ bolalar ansamblida badiiy rahbar (1983-90), Oʻzteleradio kompaniyasining „Maqom“ ansamblida sozanda (1990-yildan). Repertuaridan mumtoz va xalq cholgʻu kuylari („Choʻli Iroq“, „Yovvoyi Chorgoh“, „Qalandar“, eroncha „Shoda-shoda“ va boshqalar), oʻzbek ashula va katta ashulalarning cholgʻu yoʻllari („Figʻon“, „Hanuz“, „Ey, sabo“, „Bir kelsun“ va boshqalar) oʻrin olgan. Ijro uslubiga badihagoʻylik, musiqiy-ifodaviy vositalarning yorqinligi, shu jumladan noziq nolalardan mohirona foydalanish xosdir. Bastakor sifatida „Nay nolasi“, „Nigohing“ kabi kuylarni, „Fargʻona ekan doʻstlar“, „Margʻilon atlaslari“, „Paydo boʻlibdi“ va boshq ashulalarni yaratgan[1][2][3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Abdurashidov Abdulaxad Abdulhamidovich" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ https://m.kun.uz/news/2020/08/27/prezident-mustaqillik-bayrami-arafasida-ijtimoiy-sohadan-166-kishini-mukofotladi-royxat
- ↑ https://lex.uz/uz/docs/-2367699
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |