Kontent qismiga oʻtish

Abdulgʻafur al-Kardariy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulgʻafur al-Kardariy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti hijriy 562-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi usuliyotchi faqih

Abdulg‘afur ibn Luqmon ibn Muhammad (Tojuddin) al-Kardariy (Abulmafoxir) – usuliyotchi faqih bo‘lgan. Halabda qozilik mansabini egallagan va shu shaharda vafot etgan. Halabdagi “Madrasatu-l-haddodiyn” – „Temirchilar madrasasi“da mudarrislik ham qilgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar. Abdulgʻafur al-Kardariy hijriy 562-yilda vafot etgan[1].

  • „al-Intisor li-Abi Hanifa fi axborihi va aqvolihi“ („Abu Hanifaning g‘alabasi yo‘lidagi uning xabarlari va so‘zlari haqida kitob“)
  • „al-Mufiyd fi sharhi-t-tajriyd“ (“at-Tajrid” asarining sharhi haqida foydali kitob)
  • “Sharhu-l-jomiʼi-s sag‘iyr” („Muhammad ibn al-Hasan ash-Shayboniyning „Kichik to‘plami“ga sharh“)
  • „Sharh ala-t-tajriyd“ (“at-Tajrid”ga sharh, muallif uni al-Mufiyd va-l-maziyd („Foydali va Ziyoda izohli kitob“), deb nomlagan) – mazkur ikkala asar ham hanafiy fiqhning sohalariga oiddir
  • „Kitob fi usuli-l-fiqh“ („Fiqh usuli haqida kitob“)
  • “Hayratu-l-fuqaho” („Faqihlarning hayratlanishi“)
  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 26-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.