Abdulhamid Majidiy
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Abdulhamid Majidiy (taxallusi Abutanbal, Abdulhamid Majidiy Abdulhamid Majidiy, Chaqmoq 1902 – Kattaqoʻrgʻon – 1938) – oʻzbek shoiri, dramaturg, adabiyotshunos, jurnalist, pedagog. Dastlab eski maktabda, soʻngra Kattaqoʻrgʻonda ochilgan rus-tuzem maktabida ta’lim oldi. "Zarafshon" (1925 – 26), "Ozod Buxoro" (1927–28) gazetalarida muharrirlik qildi. Xorazm viloyat teatrida direktor, adabiy emakdosh (1929–33). Toshkentda "Mushtum" jurnalda (1934–37) ishladi. 1920-yildan mat-buotda uning she’rlari bosila boshladi. "Xandon lolalar" (1929), "Qaldirgʻoch" (1932), "Hangoma" (1937) nomli she’riy va nasriy toʻplamlari chop etilgan. "Varqa va Gulshoh", "Otsiz" pesalari bor. Kattaqoʻrgʻon shahridagi teatrga Ab.Abdulhamid Majidiy nomi berilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |