Abdulhaq Kotib
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Abdulhaq Kotib (1808, Toshkent -1886) — xattot. Abdulhaq kotib Buxoroda ta’lim olib qaytgach, oʻz shahridagi ma-drasada mudarrislik qilgan. 1881—84 yillarda Arabiston, Misr mamlakatla-riga va Istanbul shahriga sayohat qilgan. Ta’liq, riqo’, suls, nasta’liq xatla-rini yaxshi oʻzlashtirgan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida u koʻchirgan oʻndan ortiq qoʻlyozma mavjud.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |