Kontent qismiga oʻtish

Abdulhay Maxsum Qozoqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulhay Maxsum Qozoqov
Tavalludi 1923-yil
Vafoti 1999-yil 6-aprel
Kasbi Askiyachi
Unvoni

Abdulhay Maxsum Qozoqov (1923-yil Andijon viloyati — 1999-yil 6-aprel) — askiyachi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi[1].

Abdulhay Maxsum Qozoqov 1923-yili hozirgi Qorasuv shahrida (oʻsha davrda Andijon viloyati Voroshilov rayoni Ilichevsk boʻlgan) savdogar oilasida dunyoga kelgan. Abdulhay Qozoqov oilada yetti oʻgil farzandning uchinchisi boʻlgan. Dastlab oila oʻziga toʻq boʻlgan, keyinchalik mol-mulki, shuningdek, hovli-joylari musodara qilingan. Abdulhay oʻn besh oylik chaqaloqligida onasi vafot etgan. 1937-yili 15 yoshida esa otasi Muhammad Yunus Oxunjonov Rossiyaga surgun qilingan va oʻsha yerda vafot etgan. Otasi vafotidan soʻng erta yetim qolgan Abdulhay Qozoqov bobosi yaʼni onasining otasi Qozoqboy hoji qoʻlida tarbiyalangan[2].

Abdulhay Maxsum sanʼatga yoshlik davrlaridan qiziqa boshlagan. 1945—1947-yillarda tanburchi hofiz Yusufjon Soliyev boshchiligifagi kolxoz hamda sovxozlar teatrida xizmat koʻrsatgan. Teatrda Abdulhay turli adabiy, tarixiy qahramonlar obrazini yaratgan. Shuningdek, qishloq kengashida 19481959-yilgacha kotiblik bilan shugʻullangan[2].

Oʻzbekistonda 1970-yillarda Abdulhay Maxsum Qozoqov zamondoshlari Tursunbuva (Ijroqo‘mbuva) Aminov, Mamaroziq Is’hoqov, Rahmatqul va Abdullajon Yasharovlar, Mamajon Madaminov, Toshkentda aka-uka Shojalilovlar bilan birga askiya rivojiga hissa qo‘shgan[3].

Abdulhay Maxsumning repertuarida yuzdan ortiq askiyalari boʻlgan. Ushbu askiyalardan hozirgi kungacha Abdulhay Maxsumning shogirdlari Muhammad Siddiq Alixonov, Muhiddin Sultanov foydalanadi.

1997-yili Abdulhay Maxsum 75 yoshga toʻlganligi munosabati bilan Qorasuvda tadbir oʻtkazilgan. Tadbir „Sayilgoh“ dam olish maskanida boʻlib oʻtgan va u yerda Abdulhay Maxsumning uch migndan ortiq muhlislari yigʻilgan. Oʻsha kuni viloyat hokimi tomonidan Abdulhay Maxsumga „Tiko“ rusumli yengil avtomobil sovgʻa qilingan[2].

Abdulhay Maxsum toʻrt oʻgil, olti qizning otasi boʻlgan[2].

Abdulhay Maxsum 1999-yil 6-aprel sanasida vafot etgan[2].

  1. „Nozikfahm zakiylar bahsi tugamaydi, Amir Temur ham payrovga usta boʻlgan, Margʻilonda askiya maktabi ochiladi – yiqilib qolguncha kuldirish sanʼati“ (2023-yil 31-mart). Qaraldi: 14-iyun 2023-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Mahmudov, Avazbek. Andijon san'ati fidoiylari, To'ldirilgan 2-nashr, Akademnashr, 2018 — 110-115-bet. ISBN 978-9943-5226-4-0. Qaraldi: 14-iyun 2023-yil. 
  3. O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi (A harfi), Toshkent, 2000 — 698-879-bet.