Abduljabbor ash-Shoshiy
Qiyofa
Abduljabbor ash-Shoshiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 1084 (hijriy 477) |
Vafoti |
1158 (hijriy 553) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | faqih, tarixchi, muhaddis |
Abu Muhammad Abduljabbor ibn Abduljabbor ibn Muhammad ash-Shobitiy al-Xarqiy ash-Shoshiy ash-Shofiʼiy (1084-1158) — faqih, tarixchi, muhaddis va bir qancha ilmlar sohibi boʻlgan. 1084-yilda (hijriy 477-yil rabiulavval oyida) Marvning Xarq qishlogʻida tugʻilgan. Koʻp hadis tinglagan. 1158-yil (hijriy 553-yil ramazon oyida) Ramazon hayiti kuni Marvda vafot etgan.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tarixu Marv [Marv tarixi].
- Fazoilu-l-avqot [Zamonaning fazilatlari].
- Muntahiyu-l-idrok fi taqsimu-l-aflok [Koinotning qismlarga boʻlinishini idrok etishning cheklanganligi].
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |