Kontent qismiga oʻtish

Abdulkarim al-Andaqiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulkarim al-Andaqiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 1009-yil (hijriy 400-yil)
Vafoti milodiy 1088-yil (hijriy 481-yil)
Andaq
Dini Islom
Tanilgan sohasi hanafiy faqihi

Abdulkarim al-Andaqiy (arabcha: عبد الكريم الأندقي – Abu-l-Muzaffar Abdulkarim ibn Abu Hanifa ibn al-Abbos al-Andaqiy) – hanafiy faqihi.

Abdulkarim al-Andaqiy 1009-yilda (hijriy 400-yil) Andaqda tavallud topgan. Yoʻlboshchi-­imom, fozil, zohid, taqvodor zot boʻlgan. Oʻz davrida kamtarligi va chiroyli siyrati bilan nom chiqargan.

Abdulkarim al-Andaqiy „Shamsul-aimma“ („Imomlar quyoshi“) nomi bilan tanilgan Abu Muhammad Abdulaziz al-Halvoniydan taʼlim olib, mohir faqih boʻlib yetishgan. Abu Tohir Muhammad ibn Ali al-Ismoiliy, Abu Ibrohim Ismoil ibn Muhammad al-Muzakkiy, Abu Nasr Ahmad ibn Ali as-Sinniy, Abu Homid Ahmad ibn Muhammad al-Isfahoniylardan hadis ilmini oʻrgangan. Oʻz navbatida, olimdan Abu Amr Usmon ibn Ali al-Bikandiy hadis rivoyat qilgan.

Abdulkarim al-Andaqiy haj safariga ketayotib, Bagʻdodda toʻxtab oʻtgan. Manbalarda olimning Bagʻdodda taʼlim berishi haqidagi taklifga rad javobini berib, „Men Buxoroda dars beraman“, deb aytgani naql qilinadi.

Abdulkarim al-Andaqiy 1088-yilda (hijriy 481-yil) vafot etgan. Vafot etgan joyi haqidagi maʼlumotlar bizgacha yetib kelmagan[1].

  • Yoqut. Mu’jam. – Misr: „As-Saʼoda“, 1906. I, 347;
  • As-Sam’oniy. Al-Ansāb. – Bayrut: „Dor al-jinon“, 1988. I, 129, 218;
  • Al-Qurashiy. Al-Javāhir al-muziyya. – Karotash: I, 327-328;
  • Y. Isayev, A. Abbosov. Ishtixoniy allomalar. – Samarqand: „Munis design group“, 2016. 73;
  • Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. – Samarqand: „Imom Buxoriy xalqaro markazi“, 2016. 25-26.
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.