Abdulkarim al-Miygʻiy
Qiyofa
Abdulkarim al-Miygʻiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | 983-yil (hijriy 373) |
Dini | Islom |
Abu Muhammad Abdulkarim ibn Muhammad ibn Muso al-Buxoriy al-Miygʻiy al-Faqih al-Hanafiy — oʻz davrining eʼtiborli imomlaridan boʻlgan. Tarkidunyo qilib, zohidona hayot kechirgan. Asʼhobu-r-raʼyning muftiysi, Abu Hanifa asʼhoblarining peshvosi boʻlgan. Dinda juda xudojoʻy ulamolardan edi. U yashagan davrda Samarqandda u kabi faqih va fazilat sohibi boʻlmagan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar. Abdulkarim al-Miygʻiy 983-yilda (hijriy 373-yil) vafot etgan[1].
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nasoyihu-l-Abror [Suyukli zotlarning nasihatlari].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 10-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |