Abdulla Abdunabiyev
Abdulla Abdunabiyev | |
---|---|
Tavalludi |
1928-yil 25-yanvar Toshkent |
Vafoti |
2008-yil 9-avgust Toshkent |
Istiqomat joylari | Toshkent, Sirdaryo |
Fuqaroligi | O‘zbekiston SSR, O‘zbekiston Respublikasi |
Kasbi | tarixchi olim |
Ish joylari | Sirdaryo viloyat ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Sirdaryo pedagogika instituti rektori, Toshkent elektr aloqa instituti (hozirgi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri |
Taʼlimi | O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston milliy universiteti) |
Ilmiy darajasi | tarix fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Tezis sarlavhasi | „Qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish borasida partiya faoliyati (1956 — 1964-yillar)“ (nomzodlik), „Rivojlangan sotsializm davrida O‘zbekiston irrigatsiyasini rivojlantirishda partiya faoliyati“ (doktorlik) |
Mukofotlari | „Shuhrat“ medali |
Abdulla Gʻulomovich Abdunabiyev (1928.25.1 — 2008.9.8) — tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978). Tarix fanlari doktori (1971), professor (1972).
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdulla Abdunabiyev 1928-yil 25-yanvarda Toshkent shahrida ishchi oilasida tavallud topgan. U 1950-yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning tarix fakultetini tamomlagan. Olim 1953-yildan boshlab O‘zbekiston Madaniyat vazirligining o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlay boshlagan.
Abdulla Abdunabiyev 1959-yilda Guliston tumani ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylandi. Shu yilning iyun oyida Mirzacho‘l shahar ijroiya qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. 1961-yil Yangiyo‘l tumani ijroiya qo‘mitasi raisligiga, 1963-yil sentyabrda Sirdaryo viloyat ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga saylandi. 1966-yil may oyida yangi tashkil etilgan Sirdaryo pedagogika instituti rektori etib tayinlandi. 1961-yildan boshlab Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)da katta ilmiy xodim sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
1970-yil sentabr oyidan boshlab Toshkent Oliy partiya maktabi kafedra mudiri lavozimiga tayinlandi. 1983-yil iyul oyidan boshlab Abdulla Abdunabiyev Toshkent elektr aloqa instituti (hozirgi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri lavozimida ishladi. 1992-yildan to umrining so‘nggi kunlarigacha shu kafedrada professor lavozimida mehnat qilgan. 2008-yil 9-avgustda vafot etgan[1].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilmiy ishlari Mirzachoʻlni oʻzlashtirish tarixi, Oʻzbekistonda demokratik jamiyat barpo etishda koʻppartiyaviylikning oʻrni masalalariga bagʻishlangan. 1965-yilda „Qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish borasida partiya faoliyati (1956—1964-yillar)“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini[2], 1971-yilda esa „Rivojlangan sotsializm davrida O‘zbekiston irrigatsiyasini rivojlantirishda partiya faoliyati“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Bir qancha xalqaro, respublika ilmiy-nazariy konferensiyalarida ishtirok etgan. Abdulla Abdunabiyevning shogirlaridan 18 nafari fan nomzodi darajasiga erishgan.
Olim ko‘plab ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar, 35 ta kitob va risolalar, 16 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop ettirgan.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Уложение Амира Темура и современность (к 660-летию Амира Темура). Ташкент Республиканский общественный центр.
- Вечное стремление к миру и согласию (из далёкой истории Средней Азии). — Т., 1996.
- Вклад в мировую цивилизацию. — Т.: Узбекистан, 1998.
- Истоки духовности и добрых традиций (в помощь познающим сущность идеи национальной независимости). — Т., 2001[3].
- Об особенностях менталитета народов Узбекистана (исторический аспект). — Т., 2006.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdulla Abdunabiyev 1995-yilda O‘zbekiston Respublikasining „Shuhrat“ medali sohibi bo‘lgan. Davlat arbobi sifatidagi xizmatlarini ilmiy faoliyat bilan birga olib borib, „O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi“ unvoniga sazovor bo‘lgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ўзбекистон тарихчилари (библиографик маълумотнома), биринчи жилд. Тошкент: Fan va texnologiya, 2012. — 14-bet.
- ↑ Абдунабиев А.Г.. Борьба КПСС за освоение земель Голодной степи. (1956-1964 годы): Автореферат дис. на соискание учен. степеникандидата ист. наук / Акад. обществ. наук при ЦК КПСС. Кафедра истории КПСС., Москва, 1965 — 16-bet.
- ↑ Абдунабиев А.Г.. Истоки духовности и добрых традиций (в помощь познающим сущность идеи национальной независимости). Ташкент: ЦПИУЛ, 2001 — 40-bet.