Abdulla Hojimatov
Hojimatov Abdulla Eshon — 1879-yili tugʻilgan, Uchqo‘rg‘on rayoni Qizilquloq qishlogʻidan, kelib chiqishi yirik boy, ruhoniylardan. Oʻtmishda bosmachilik faoliyati uchun 5 yil mehnat tuzatuv lagerida qamoq jazosini oʻtashga hukm qilingan. Hibsga olingunga qadar diniy xizmatchi, piri eshon. Xorijdagi muhojir oʻzbek va tojiklardan tashkil etilgan sovetlarga qarshi aksilinqilobiy tashkilotning faol aʼzosi sifatida targʻibot olib borganlikda, tez orada sovet hokimiyati qulashi muqarrarligi haqida aksilinqilobiy mish-mishlar tarqatganliqda, kolxozchilarni kolxozdan chiqishi, masjidlarni tiklanishi toʻgʻrisida tashviqot olib borganlikda, sovet hokimiyatiga qarshi muqaddas urush olib boruvchi tashkilot tuzish zarurligini targʻib qilganlikda ayblangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 90-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.