Abdulla Roʻzmetov
Abdulla Sa’dullayevich Roʻzmetov (1980-yil 22-aprelda tugʻilgan, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek boshqaruvchisi va siyosatchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis IV-chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ruzmetov Abdulla Sadullayevich 1980-yili Xorazm viloyati Urganch shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. 2003-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2005-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ixtisosligi - iqtisodchi.
Mehnat faoliyatini 2003-yilda Urganch tumani «Zot Elita» fermer xo‘jaligi rahbari lavozimidan boshlagan. 2009-2019-yillarda Urganch tumani «Elita chorvanasl» MCHJ rahbari, 2017-2020-yillarda Urganch tumani «AR Logistics Vegetables Fruits» MCHJ rahbari lavozimlarida ishlagan.
2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis IV-chaqiriq Qonunchilik palatasiga saylangan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi a’zosi lavozimiga tayinlangan[1][2][3][4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Депутаты“. parliament.gov.uz. 2022-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-yanvar.
- ↑ „"Oʻzbekistonda rahbarlar oʻrinbosarlarining faoliyati baholab boriladi" Muallif Abdulla ROʻZMETOV“ (xs.uz).
- ↑ „"Har kim mehnat qilish va erkin kasb tanlash huquqiga ega" Muallif Abdulla ROʻZMETOV“ (xs.uz).
- ↑ „"DEPUTAT FIKRI: Yoshlar bandligini taʼminlashga qaratilgan muhim tashabbuslar ilgari surildi" Muallif Abdulla ROʻZMETOV“ (gujum.uz).