Kontent qismiga oʻtish

Abdulla Zohidov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Abdulla Zohidovich Zohidov (1910-yil 20-avgust1977-yill 19-iyul) — sovet olimi va pedagog, gigiyenachi, tibbiyot fanlari doktori, professor, SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasi muxbir a’zosi (1971-yilda). O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1963-yilda) va QQASSRda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1965-yilda).[1]

Zohidov Abdulla 1910-yil 20-avgustda Toshkentda dunyoga keladi.

1928-1933-yillarda Toshkent tibbiyot institutida tahsil oladi. 1933-1936-yillarda shu institutning aspiranturasida o‘qiydi. 1936-1939-yillarda Toshkent tibbiyot instituti yuqumli kasalliklar kafedrasida assistent bo‘lib ishlagan. 1939-yildan 1946-yilgacha Qizil Armiya safida harbiy shifokor sifatida xizmat qilgan, Ulug‘ Vatan urushida ishtirok etgan.

1946-1950-yillarda va 1967-1977-yillarda Toshkent tibbiyot institutida ilmiy-pedagogik faoliyatida: 1946-1949-yillarda sanitariya-gigiyena fakulteti dekani va ayni paytda umumiy gigiyena kafedrasi dosenti, 1949-yildan 1960-yilgacha - kommunal gigiyena kafedrasi mudiri, 1967-yildan 1977-yilgacha - umumiy va radiasion gigiyena kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlab kelgan[2].

1950-yildan 1967-yilgacha - Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot instituti direktori[3].

Ilmiy-pedagogik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

A.Z.Zohidovning asosiy ilmiy-pedagogik faoliyati iqlim issiqligi sharoitida suv havzalarini sanitariya muhofazasi va suv ta’minoti gigiyenasi sohasidagi masalalar bilan bog‘liq edi. 1967-yildan A.Z.Zohidov O‘zbekiston Respublikasi Prezidiumi, 1972-yildan Butunittifoq gigiyenachilar ilmiy jamiyati a’zosi edi.

Shifokor 1938-yilda nomzodlik dissertasiyasini himoya qildi, 1966-yilda kommunal va umumiy gigiyena bo‘yicha umumiy to‘plami uchun unga tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasi, 1967-yilda professor ilmiy unvoni berilgan. U 1967-yilda professor ilmiy unvonini oldi. 1971-yilda SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasining muxbir a’zosi etib saylandi. A.Z.Zohidov rahbarligida bir yuz yigirmaga yaqin ilmiy ishlar, jumladan, monografiyalar yozildi, uning ishtirokida va rahbarligida 26 ta doktorlik va nomzodlik dissertasiyalari tayyorlandi. Abdulla Zohidov Buyuk tibbiyot ensiklopediyasi[1][2][3] uchinchi nashri “Umumiy va kommunal gigiyena” tahririyati muharriri ham bo‘lgan[4].

Tajribali shifokor Zohidov 1977-yil 19-iyulda Toshkent shahrida bu yorug‘ olamni tark etadi.

  • Mehnat Qizil Bayroq ordeni
  • O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi
  • QQASSRda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi
  • O‘zbekiston va Tojikiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining uchta yorliqlari bilan taqdirlangan.
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Большая медицинская энциклопедия / гл. ред. Б. В. Петровский. — 3-е изд. — М.: Советская энциклопедия, 1986. — Т. 8. — 576 с.
  3. К 60-летию со дня рождения Абдуллы Захидовича Захидова / Гигиена и санитария // 1971. — № 3 — С. 118
  4. Zaxidov Abdulla 3axidovich (Wayback Machine saytida 2021-10-02 sanasida arxivlangan) Med.uz