Abdullah Çatlı
Bu maqola ayni damda faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin. Bu sahifa oxirgi marta 17:52, 26-dekabr 2024 (UTC) (0 soniya avval) da tahrir qilingan. |
Abdullah Çatlı | |
---|---|
Fayl:Abdullah Çatlı.jpg | |
Tavalludi |
1-iyun 1956-yil Turkiya, Nevşehir |
Vafoti |
3-noyabr 1996-yil (40 yoshda) Turkiya, Susurluk |
Fuqaroligi | Turkiya |
Kasbi | Turkiya Milliy razvedka tashkiloti, agent, josus |
Faoliyat yillari | 1977- 1996 |
Dini | Islom |
Turmush oʻrtogʻi | Meral Aydoğan (1974–1996) |
Bolalari |
Selcen Çatlı Gökçen Çatlı |
Otasi | Ahmet Çatlı |
Onasi | Remziye Çatlı |
Qarindoshlari | Zeki Çatlı (ukasi) |
Abdullah Çatlı – Turkiya Milliy razvetka tashkiloti aʼzosi hamda hukumat maxfiy agenti. 1,2,3 U 1970-yillarda Millatchilik harakat partiyasi boʻlgan „Kulrang boʻrilar“ yoshlar tashkilotiga rahbarlik qilgan. Uning Susurlukdagi bir nechta davlat amaldorlari bilan avtohalokati sabab davlat va boʻrilar tashkiloti bir-biriga aloqadorligi oshkor qilingan va bu Susurlu mojarosi deb atalgan. 6 U davlat tomonidan josuslik qila boshlagan. Kurdiston ishchilar partiyasi va Armanistonni ozod qilishga qaratilgan maxfiy arman tashkiloti (ASALA) aʼzolarini oʻdirishda ishtirok etgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Çatlı Turkiyaning Nevşehir shahrida turk oilasida tugʻilgan. Bolaligi Anadolu yaqinidagi Nevşehirda oʻtgan. Yoshligidan oʻng qanot siyosati, turk millatchilik qarashlari, navitizm mafkuralari bilan tanishib kelgan.
1978—1984
Çatlı Haluk Kırcı va bir nechta partiya aʼzolari qatorida 1978-yil 9-oktabr Bahçelievler qirgʻinida Turkiya ishchilar partiyasi aʼzosi boʻlgan 7 nafar universitet talabalari oʻlimida javobgar boʻlib qolgan. 1, 7 Bundan tashqari, 1979-yil 1-fevralda Istanbulda Mehmet Ali Ağca bilan birga chap qanot gazetasi muharriri Abdi İpekçini oʻdirishda gumon qilingan. 8 Tergovchi jurnalist Lucy Komisar maqolasida: „u Ağcaning Istanbul harbiy qamoqxonasidan qochishiga yordam bergan va hatto 1981-yilda Rim papasiga suiqasdda ham aloqadorligi tahmin qilingan“ deb yozadi. 8 1982-yil fevralda Çatlı Shveysariyada qoradori bilan ushlangan, lekin qutilib qolishga muvaffaq boʻlgan. 9
1998-yilda Le Monde diplomatik jurnalida Abdulla Çatlıni „Kulrang boʻrilar“ tashkilotida 3 million nemis markasi evaziga suiqasdda qatnashganini daʼvo qilgan. 2 1985-yil sudda Çatlı nemis razvedkasi bilan aloqa qilganini va ular Rossiya va Bolgariya suiqasd hizmatlari uchun yaxshi pul taklif qilganini aytgan. 6
Çatlı Fransiyada Hasan Kurtoğlu tahallusi bilan armanlarga va ASALA tashkilotiga qarshi ishlab boshlagan. U 18 ta Fransiya, bir nechta Yugoslaviya, Kanada, AQSh, Avstraliya hujumlarini uyushtirgan. 10 1984-yil 3-maydagi Alfortville arman gertsogi yodgorliklarini portlatish va Ara Toranianni oʻldirishga harakatlar shular jumlasidan. 2, 10
1984 – 1996