Kontent qismiga oʻtish

Abdullaxonning g‘arbiy madrasasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abdullaxonning g‘arbiy madrasasi
Joylashuv Buxoro
Turi madrasa
Xarita

Qo‘sh madrasa guzari, bir yuz qirqta hujradan iborat. Mazkur madrasaning vaqf hujjati saqlanib qolgan. Muhammad Sharif maxdum uni 108 hujrali deb ko‘rsatgan. Uning darvozasi peshtoqida jimjimador naqshlar va arabiy yozuvlari mavjud. Uning katta qadimiy yog‘och darvozasi mavjud. Hovlisi juda keng. Tosh yotqizilgan. Ayrim hujralarini chilangar ustalar va rassomlar ijodxona qilib olgan.

O‘tmishda Buxoro mumtoz musavvirlik (miniatyura) maktabi Hindiston, ayniqsa, Eron rassomlari ishidan ancha farq qilgan. Bugungi kunda Buxoro va boshqa ko‘pgina joylarda ham suratlardagi qiyofalar tasvirida Eron maktabi taʼsiri kuchayib borayotgani seziladi. Madrasa binosi taʼmirlangan, saqlanish holati yaxshi. U qarshisidagi yana bir go‘zal tarixiy obida — hozirgi tilda Modarixon madrasasi bilan birgalikda atrofga chiroy berib turibdi. Shaharning bu qismi ular ikkisi tufayli Qo‘sh madrasa guzari nomi bilan ataladi. Ulargacha bu joy Xiyobon guzari yoki Ko‘yi Xiyobon nomi bilan yuritilgan. Ushbu madrasa shayboniy humdorlarning mashhur vakili Abdullaxon ibn Iskandarxon ibn Jonibekxon ibn Abul Xayrxon tomonidan barpo etilgan. Uning qurilishini Hofiz Tanish Buxoriy shunday taʼriflaydi: "Bu hikoyatni tahrir qilishdan maqsad shulki, jahongirlik maydonining shahriyori (Abdullaxon) Parvardigorning yordami va osmonning quvvatlashi bilan mamlakatlardan ko‘pini o‘z tasarrufiga olib, mehribonchilik rasmlari va marhamat qonunlarini tartibga keltirgan.[1]

  1. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 153.