Narimon Abdullayev
Narimon Abdullayev (1952 Urganch)—Sharqshunos-filolog-eronshunos, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]ToshDU sharq fakultetining 1974-yil bitiruvchisi. 1974 — 1976-yillar davomida Afgʻonistonda tarjimon boʻlib ishladi. 1976 — 1992-yillarda TDPI umumiy tilshunoslik kafedrasida fors tilidan dars berdi. Shu orada u yana bir necha bor (1979 — 1981, 1987 — 1989) Afgʻonistonda xizmat safarida boʻldi. 1992 — 1995-yillar OʻzFA QI doktoranti. 1996-yildan Afgʻoniston bilan iqtisodiy, madaniy, savdo sohalarida hamkorlik ishlari tashkilotchilaridan. Hozir Kobul shahridagi Toshkent yogʻ-moy kombinatiga tegishli Savdo uyining direktori.
Ilmiy yoʻnalishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]fonetika, turkologiya, dialektologiya.
Asosiy ilmiy ishlari:
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nomzodlik dissertatsiyasi mavzusi:
# „Afgʻoniston shevalarining fonetik xususiyatlari“. — Toshkent, 1982.
# Afgʻoniston o‘zbek shevalari haqida // Sovet turkologiyasi. — Baku, 1979. — № 5.
# Afgʻonistondagi oʻzbek lahjalari haqida // Irfon. — 1980. — № 5. — S. 123 — 140.
# Afgʻoniston oʻzbek lahjalarining leksikasi // Oʻzbek tili va adabiyoti. — Toshkent, 1980. — № 1.
# Afgʻonistonda oʻzbek adabiy tilining shakllanishi // Melliyathoi barodari. — Kobul, 1987. — № 23. — B.84 — 89 — afgʻon tilida.
# Afgʻoniston oʻzbeklari // Fan va turmush. — Toshkent, 1987. — № 5. — B.24 — 25.
# „Yulduz“ roʻznomasi tilining fonetik xususiyatlari haqida // Melliyathoi barodari. — Kobul, 1988. — № 32. — B.27 — 31.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |