Kontent qismiga oʻtish

Kobul (shahar)

Koordinatalari: 34°31′31″N 69°10′42″E / 34.52528°N 69.17833°E / 34.52528; 69.17833
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kobul
کابل
Yuqoridan chapdan o'ngga:
Arg, Shah-Do Shamshira masjidi, Saxi ziyoratgohi, Zamonaviy Kobul, 2021-yildagi siluet
Nickname: 
Kobul (shahar) is located in Afghanistan
Kobul (shahar)
Kobul (shahar) is located in Asia
Kobul (shahar)
Koordinatalari: 34°31′31″N 69°10′42″E / 34.52528°N 69.17833°E / 34.52528; 69.17833
Davlat  Afgʻoniston
Viloyat Kobul
Tashkil topgan 1776-yil
Hukumat
 • Turi Munitsipalitet
 • Hokim Hamdullah Nomani
 • Hokim oʻrinbosari Maulvi Abdul Rashid[1]
Hudud
 • Umumiy 1 028,24 km2 (400 sq mi)
 • Quruqlik 1 028,24 km2 (400 sq mi)
Balandligi
1 791 m (5 900 ft)
Aholisi
 (2023-yil)
 • Umumiy 4,954 million
Vaqt mintaqasi UTC+4:30 (Afgʻoniston standart vaqti)
Pochta kodi
10XX
Telefon kodi (+93) 20
Veb-sayt km.gov.af

Kobul (dariycha: کابل) – Afgʻonistonning poytaxti. Kobul viloyatining maʼmuriy markazi. Kobul daryosi vodiysida, oʻrtacha 1820 m balandlikda, Asmon va Sherdarvoza togʻlari orasidagi vohada joylashgan. Iqlimi subtropik kontinental iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi G, iyulniki 26°, yiliga 317 mm yogʻin tushadi. Aholisi 750 ming kishi (2000). Ptolemey asarlarida Kobur shaklida uchraydi. Yunon-Baqtriya podsholigi, Kushon podsholigi, keyinchalik Eftaliylar davlati tarkibida boʻlgan. Eftaliylar davlati tanazzulga uchragach (VI asr), Kobulni buddizm dinidagi mahalliy hokimlar (Kobul shoxlari) idora qilgan. VII asrda arablar, IX asrda safforiylar bosib olgan. Kobul Somoniylar, Gʻaznaviylar, Temuriylar davlatlari tarkibiga kirgan. Shahar 1221-yilda Chingizxon qoʻshinlari tomonidan vayron qilindi. 1504-yil Bobur Kobulni oʻzi asos solgan davlatning poytaxtiga aylantirdi. 1738-yil Eron shohi Nodirshoh Afshar egalladi. Kobul 1747-yil Durroniylar davlati tarkibiga qoʻshib olindi. Temurshoh Durroniy davrida (177393) Kobul poytaxtga aylantirildi. Durroniylar davlati tugatilgach (1818), Kobul Kobul amirligining markazi boʻlib qoldi. 1825-yilda amir Doʻstmuhammad afgʻon yerlarini bir butun qilib birlashtirishga harakat qildi, bu esa keyinchalik Afgʻoniston davlatini vujudga kelishida muhim rol oʻynadi. Birinchi (1838-42) va ikkinchi (1878-80) Angliya-Afgʻoniston urushlari davrida shaharning koʻp qismi buzildi. Sobiq shoʻrolar qoʻshinining 1979-yil dekabrda Afgʻonistonga tajovoʻz korona bostirib kirishi va 1992-yilda boshlangan ichki fuqarolar urushi davrida Kobul jiddiy zarar koʻrdi. Shaharni 19962002-yillarda mutaassib „Tolibon“ ichki muxolifat kuchlari egallab turdi. Ulardan ozod qilish uchun olib borilgan aksilterror harbiy harakatlar tufayli Kobulda yana vayronagarchiliklar boʻldi.

Kobul – mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Avtomobil yoʻllari tuguni. Bagrom harbiy aerodromi, xalqaro aeroport bor. Avtomobil yoʻllari orqali Pokiston, Hindiston, Eron, Oʻzbekiston va boshqa davlatlar bilan bogʻlangan. Afgʻonistonning eksport va import mollarining asosiy qismi Kobul orqali oʻtadi. Kobul va uning atrofida toʻqimachilik (ip gazlama kombinati, jun va ipak gazlamalar, trikotaj f-kalari), oziq-ovqat, harbiy, yogʻochsozlik, mashinalarni taʼmirlash va metall buyumlar tayyorlash korxonalari, gugurt, koʻn poyabzal, gilam toʻqish fabrikalari, lak-boʻyoq, chinni, qurilish materiallari zavodlari, issiqlik elektr stansiyasi, shahar yaqinida GES bor. Mayda hunarmandchilik korxonasi koʻp. Kobul – qorakoʻl teri bilan savdo qilinadigan markaz.

Kobulda Fanlar akademiyasi, Tarix jamiyati, bir necha oliy oʻquv yurti, jumladan, universitet, bosmaxona, teatr, Kobul tarix-etnografiya muzeyi, jamoat kutubxonasi ishlab turibdi. Kobul ikki qismdan iborat: eski shahar va yangi shahar. Yangi shahar qismida koʻplab zamonaviy binolar qurilgan. Shaharning koʻhna qismi Kobul daryosining janubiy sohilida. Meʼmoriy yodgorliklaridan Bolo-Hisor qalʼasi, Bogʻi Bobur, Temurshoh maqbarasi, Chihil Sutun bogʻi va saroyi, Muhammad Nodirshoh maqbarasi (XX-asr) va boshqa saqlangan.[2]

Kobul subtropik iqlimga ega. Kobul iqlimining oʻziga xos xususiyati – yil davomida 10-15 ° C gacha boʻlgan juda kunlik harorat oʻzgarishidir. Kobulda qish nisbatan sovuq, kunduzi esa moʻtadil. Yoz issiq, lekin kechasi salqin. Eng yuqori harorat +40 °C (avgust), eng pasti esa −21 °C (yanvar va fevral) kuzatilgan.

Kobulga yiliga 323 mm yogʻingarchilik tushadi. Barcha yogʻinlar qish-bahorda boʻladi, yoz va kuzda yogʻingarchilik deyarli kuzatilmaydi. Qishda yogʻingarchilik odatda qor shaklida tez-tez tushadi.

Temurshoh poytaxtni Kobulga koʻchirishdan oldin bu shahar aholisi tojiklardan iborat. Tojiklar ham Kobuliston aholisining asosiy qismini tashkil qilgan va bu hududning aborigenlari hisoblangan. Bundan tashqari, Kobulda Hindistondan koʻchib borgan koʻplab muhojirlar bor edi. XIX asr boshlarida ham Afgʻoniston poytaxti aholisining asosiy qismini tojiklar, qizilboshlar va qisman hazoralar tashkil etgan[3].

Shaharda turli xalqlar vakillari istiqomat qiladi va shaharning odamlarining milliy qiyofasi 1980-yillarda shakllana boshlagan. Taxminiy maʼlumotlarga koʻra, shaharda 3,5 million kishi istiqomat qiladi[4]. 2012-yil 3,289,000 kishini tashkil etgan. Shahar aholisining asosiy qismini dariy tilida soʻzlashuvchi tojiklar (45%), pushtunlar (25%), oʻzbeklar (4%) va shia hazoralarini (25%) tashkil etadi. Shuningdek, shaharda Hindistondan kelgan muhojirlar – sikxlar va hindular hind-aryan lahjalarida soʻzlashadilar[5][6].

Diniy jihatdan Kobul aholisini sunniy musulmonlar (75%), shialar 25% ga yaqinini tashkil qiladi. Kichik nasroniy va hindu jamoalari ham mavjud[7].

Kobuldagi savdo maydoni

Umar Zakhilval boshchiligidagi Moliya vazirligi iqtisodiy infratuzilmani rivojlantirish uchun mas’ul[8]. Kobul yangi va quruq mevalar, yongʻoqlar, afgʻon gilamlari, teri, kiyim-kechak, mebel va antiqa buyumlar bilan savdo qiladi. Iqtisodiy rivojlanishni qayta qurish doirasida Jahon banki Kobulga 25 000 000 dollar ajratgan. Loyiha 2011-yilda tugatiladi[9]. Qo'shma Shtatlar ham shahar infratuzilmasini rivojlantirish uchun taxminan 9,1 milliard dollar ajratgan[10][11]. Shaharda bir qancha savdo markazlari ham qurilgan.

Kobulda yoʻl infratuzilmasi rivojlangan va koʻchalar xavfsizligi kuchaytirilgan. Transparency International xalqaro tashkilotiga koʻra, Kobul dunyodagi eng korruptsiyalashgan shaharlar roʻyxatidan uchinchi oʻrinni egallagan[12].

Shahar tumanlarining mutlaq koʻpchiligi loydan va toshdan qurilgan 1-2 qavatli uylardan iborat. Bunday uylarda koʻpincha elektr va suv tanqis. Ushbu binolarning asosiy muammosi shundaki, aholining tugʻilish darajasi va aholining viloyatlardan migratsiyasi tufayli tez oʻsishi fonida bu binolar aholining yuqori zichligini taʼminlay olmaydi. Yomon muhit tufayli shaharda yangi sarmoyaviy binolar juda kamdan-kam hollarda quriladi[13].

2005-yilda asli eronlik arxitektor Hisham Ashkuri Kobulning tumanlaridan birini toʻliq rekonstruksiya qilish boʻyicha yirik loyihani taklif qilgan[14]. U mavjud binolarni butunlay buzib, ularning oʻrniga 5 qavatli binolarni qurishni taklif qilgan[15][16][17]. Oʻrta sinf vakillari yashaydigan „Makrorayan“ deb nomlangan sovet uyi

  1. „د اسلامي امارت په تشکیلاتو کې نوي کسان پر دندو وګومارل شول“. باختر خبری آژانس (2021-yil 4-oktyabr). 2021-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-noyabr.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. Yu. V. Gankovskiy, „Imperiya Durrani. Ocherki administrativnoy i voennoy sistemi“
  4. „The World Factbook“ (deadlink). Cia.gov. 2016-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-may.
  5. Afghanistan Statistical Yearbook 2012/13 (Wayback Machine saytida 2013-12-28 sanasida arxivlangan) (PDF), Central Statistics Office Afghanistan
  6. „Urban Development In Kabul: An Overview Of Challenges And Strategies“. 2012-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. by Dr. Annette Ittig
  7. „2003 National Geographic Population Map“ (PDF). Thomas Gouttierre, Center For Afghanistan Studies, University of Nebraska at Omaha; Matthew S. Baker, Stratfor. National Geographic Society (2003-yil 1-noyabr). 2017-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-iyun.
  8. „Ministry of Finance“. Mof.gov.af. 2011-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-may.
  9. „Projects : Kabul Urban Reconstruction Project | The World Bank“. Worldbank.org. 2014-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-may.
  10. „DVIDS - News - US Forces - Afghanistan adjusts its $9.1 billion infrastructure program to meet Afghans' near-term needs“. Dvidshub.net. 2015-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-may.
  11. „Kabul's Tax Levies Raise Flags From U.S. Watchdog - WSJ“. online.wsj.com. 2013-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 25-oktyabr.
  12. Afghanistan Industrial Parks Development Authority…„Kabul (Bagrami)“. 2007-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  13. 09.08.13. „Afghanistan's Million Dollar Minister“ (deadlink). The Daily Beast. 2014-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-may.
  14. „Onyx Construction Company“ (deadlink). Onyx.af. 2012-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-avgust.
  15. Muhammad Hassan Khetab: „20b contract signed to begin work on New Kabul City plan“. Pajhwok Afghan News - (2013-yil 4-sentyabr). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 30-sentyabr.
  16. „Welcome to our Official Website“ (deadlink). DCDA. 2013-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-avgust.
  17. „Afghanistan: The Microrayons of Kabul“. 2021-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-sentyabr.